Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

“Quvnoqlar va zukkolar” Respublika ko‘rik tanlovining hududiy saralash bosqichi

Yaratilgan: May 19, 2018 da 5:28

Bo'lim: Yangiliklar

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va  O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2018 yil 16 martdagi “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik tanlovini tashkil etish va o’tkazish to’g’risida”gi 23-Q/Q, 14-Q/Q-sonli qaroriga muvofiq 2018 yilning 18 may kuni soat 15:00 da Jizzax viloyat musiqali drama teatrida “Quvnoqlar va zukkolar” Respublika ko’rik tanlovining hududiy saralash bosqichi bo’lib o’tdi.

Tanlovda Qarshi davlat universitetining “Farzona”,  Guliston davlat universitetining “Bojalar”, Jizzax davlat pedagogika institutining “Jizzaxlik jiyanlar”, hamda Jizzax politexnika institutining “YUmoristlar” jamoalari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra Jizzax politexnika institutining “Yumoristlar” jamoasi fahrli birinchi o‘rinni egallab keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo‘yicha prorektor
N.Alimov

Izoxlar soni: 0

interaktiv xizmatlar