Samarqand shahriga sayyohat

Yaratilgan: May 11, 2018 da 5:13

Bo'lim: Yangiliklar

2018 yil 5 may  kuni 230-16 YeSBKIT guruhi talabalari bilan Samarqand shahriga sayyohat uyushtirildi. Samarqand shahridagi Imom al-Buxoriy, Shoxi Zinda, Bibi-xonim masjidi, Registon ansambli,Ulug’bek madrasasi, Guri Amir maqbarasiga sayyohat uyushtirildi. Sayyohat chog’ida talabalar o’zlari uchun ko’plab ma’lumotlar olishdi. Mn,  Al-Buxoriy yoshligidayoq otasi vafot etib, onasi tarbiyasida o’sgan. U yoshligidan aql-idrokli, o’tkir zehnli va ma’rifatga havasi kuchli bo’lib, turli ilm-fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini zo’r qiziqish bilan egallaydi. U o’n yoshidan boshlab o’z yurtidagi turli rivoyatchilardan eshitgan hadislarni, shuningdek, Abdulloh ibn al-Muborak va Vakiy kabi olimlarning hadis to’plamlarini mutolaa qilib, yodlagan, ustozi Shayx Dohiliy bilan hadis rivoyatchilari haqidagi qizg’in bahslarda qatnashgan.825 yili o’n olti yashar al-Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Hijozga qarab yo’l tutadi, muqaddas shaharlar Makka va Madinani ziyorat qilib, olti yil Hijozda yashab, hadis ilmidan o’z bilimini yanada oshirish maqsadida o’sha paytda ilm-fanning yirik markazlaridan hisoblangan Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bag’dod kabi shaharlarda yashab, u joylardagi mashhur olimlardan hadis bilan bir qatorda fiqh ilmidan ham ta’lim oladi, yirik olimlar davrasida ilmiy bahslaru munozaralarda qatnashadi va ilm toliblariga dars ham beradi.

Samarqandga uyushtirilgan sayohatdan talabalar shunday go’zal yurt farzandi ekanligidan, buyuk allomalarimizning avlodlari ekanligidan yana bir bor g’ururlanishdi.

 

Yig’ilish raisi:
Matchonova
Gurux sardori:
T.Aliyev

Izoxlar soni: 0
Izox qoldirish

Sizning.

Ushbu ko'rsatilgan HTML teglaridan foydalanishingiz mumkin: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <s> <strike> <strong>

interaktiv xizmatlar