Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Samarqand shahriga ziyorat

Yaratilgan: Mart 5, 2018 da 4:19

Bo'lim: Yangiliklar

“Arxitektura va qurilish”  fakultetining 2017/2018 o‘quv yili mart oyidagi  ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5326-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining 2018 yil 15 fevraldagi “2018 yilda diniy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot, ishlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi 16 fevral 2018 yildagi 07/1-377-bayoni bilan tasdiqlangan “2018 yilda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshiriladigan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari rejasi”ning 22-bandida belgilangan vazifalar ijrosi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 2 martdagi № 87-02-480 sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida, “Arxitektura va qurilish” fakulteti talabalari joriy yilning 4 mart kuni qadimiy va navqiron Samarqand shahriga ziyoratga tashrif buyurdilar. Fakultet talabalari ilk ziyoratini Imom al Buxoriy majmuasini ziyorat qilishdan boshladi. Ziyorat davomida talabalar Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov dafn qilingan yodgorlik majmuasiga, shuningdek Registon maydoni yonida qat rostlagan Islom Karimov haykali tashrif buyurib, yurtimizga mustaqillikni bergan, shu yo‘lda tinmay mexnat qilib, xalqini baxtli kelajagi uchun kurashgan yo‘lboshchimiz xaqqiga tilovatlar qilishdi. “Arxitektura va qurilish” fakulteti talabalari qo‘hna Samarqand shahrining ajoyib tarixiy yodgorliklari “SHoxi Zinda”, “Xoji Doniyor maqbarasi”, “Amir Temur va temuriylar maqbarasi”, “Bibixonim maqbarasi” hamda “Registon” maydonlarini ziyorat qildilar.
Ziyoratda mobaynida  barcha talabalar  tarixiy obidalarimiz to‘g‘risidagi bilimlarini yanada mustaxkamlashdi va bu ziyorat talabalarga manzur bo‘ldi.

“Arxitektura va qurilish”fakulteti
ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha
dekan muovini:
Irgashev X.N.

Izoxlar soni: 0

interaktiv xizmatlar