Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy – tadqiqot markazida "Ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, samaradorligini oshirish va hayotga tadbiq qilish" mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda. Ilmiy seminarga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy – tadqiqot markazi direktori bosh maslahatchisi, Falsafa fanlari doktori, professor To‘rayev Baxtiyor Omonovich hamda bo‘lim boshlig‘i Jonibek Jumayev, katta ilmiy xodim Tohir Evadullayevlar boshchilik qilmoqdalar. Bu ilmiy seminarda Respublikaning ko‘pgina OTMlaridan olimlar va ilmiy tadqiqotchilar taklif etilgan. Jumladan, Jizzax politexnika institutidan "Transport" fakulteti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi mudiri P.M.Qulmatov va kafedra assistenti M. Tajibayevlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqdalar.