Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Talabalar turar joyida tadbir o‘tkazildi

Yaratilgan: Oktyabr 30, 2018 da 4:47

Bo'lim: Yangiliklar

2018 yil 25 oktyabr kuni “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi TTJ ma’muriyati bilan hamkorlikda Jizzax politexnika instituti Talabalar turar joyining “Eng namunali xoni” ko‘rik-tanlovi yakuni yakuni hamda TTJda istiqomat qiluvchi talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra har bir fakultetdan “Eng namunali xoni” deb topilgan  xonalarda istiqomat qiluvchi talabalarga ham o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Mini futbol” musobaqasida 1-o‘rinni egallagan “Arxitektura va qurilish” fakulteti talabalariga institut va TTJ ma’muriyatlarining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir so‘ngida TTJ ma’muriyati tomonidan talabalar uchun osh damlandi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi

uslubchisi M.Xamidov

Izoxlar soni: 0

interaktiv xizmatlar