Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

TA’LIMDAGI YANGILIKLAR

Yaratilgan: Oktyabr 31, 2018 da 2:19

Bo'lim: Yangiliklar

30 oktyabr kuni Jizzax politexnika institutiga Oliy ta’lim sohasida muammolar bo‘yicha xalqaro ekspert D.Salmi tashrif buyurdi. Tashrif davomida janob D.Salmi institutning yangi o‘quv binosida joylashgan Er usti transport tizimlari, Elektroenergetika, Kimyo kafedralarining o‘quv faoliyati, kafedralardagi komyuter xonalarining jihozlanishi  hamda ERASMUS+laborotoriya xonalari bilan tanishdi. SHuningdek, ekspert institutdagi madaniyat saroyi va oshxona, sport kompleksi hamda asosiy binodagi o‘quv laborotoriyalari bilan tanishdi. Tashrif yakunida taniqli ekspert institut konferens zalida Jizzax politexnika va Jizzax davlat pedagogika institutlari professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ta’limdagi yangiliklar, chet tilining ahamiyati, ta’lim sifatining oshirilishiga xizmat qiluvchi omillar, talabalarning bilim saviyasi, bitiruvchilarning sifat darajasi hususida fikr mulohazalar almashildi. Tadbir so‘nggida taniqli ekspert bilan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Institut matbuot kotibi  

Xidirov Xoshim

Izoxlar soni: 0

interaktiv xizmatlar