Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

“Tinchlik – eng oliy ne’mat”

Yaratilgan: Oktyabr 17, 2018 da 1:51

Bo'lim: Yangiliklar

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining  2018 yil 12 oktyabrdagi “87-02-2948-sonli xatiga asosan Jizzax politexnika institutida majlislar zalida  joriy yil 15 oktyabr kuni “Tinchlik – eng oliy ne’mat” va “Islomda ekstremizm va terrorizmga o’rin yo’q” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o’tkazildi. Tadbirda Davlat  xavfsizlik xizmati Jizzax viloyati boshqarmasi xodimi Nusrat Abduraxmonov, O’zbekiston Musulmonlar idorasi Jizzax viloyat vakili o’rinbosari Abdumutal Otaboyev, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat kengashi bo’lim mudiri Elyor Norpo’latovlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Tadbir so’ngida “Manqurtlik sari” nomli film namoyish etildi.

“Ma’naviyat va ma’rifat”
bo’limi uslubchisi M.Xamidov

 

Izoxlar soni: 0

interaktiv xizmatlar