Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

TURAKULOV OLIM XOLBUTAEVICHNING FAN DOKTORI (DSC) DISSERTATSIYASI HIMOYASI HAQIDA E’LON

Yaratilgan: Yanvar 11, 2018 da 5:33

Bo'lim: Ilmiy e'lonlar

TURAKULOV OLIM XOLBUTAEVICHNING FAN DOKTORI (DSC) DISSERTATSIYASI HIMOYASI HAQIDA E’LON

  1. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborotlashtirilgan ta’lim muhitida kichik mutaxassislar tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V2017.1. DSc/Ped 22. 

Ilmiy maslahatchi: Rashidov Xikmatulla Fatxullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash  instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash  instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.

Rasmiy opponentlar: SHaripova Dilara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Bobomurodov Ozod Juraevich, texnika fanlari doktori, dotsent.

Etakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.

  1. Tadqiqotning maqsadi: axborotlashtirilgan ta’lim muhitida kichik mutaxassislarni tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minotini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bo‘lajak kichik mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minotini zamonaviy ko‘p kanalli grafikaviy interfeysli vizual va ob’ektga mo‘ljallangan dasturlashtirish asosida takomillashtirish imkoniyatlari aniqlangan;

axborotlashtirilgan boshqaruvning murakkab dinamik tizimi umumtizimiy resurslar majmuasi, kasbiy munosabatlar muhiti, tashkiliy-vazifaviy tuzilma, o‘lchov mezonlari asosida takomillashtirilgan;

kasb-hunar kollejlarida integrallashuvning an’anaviy,  intellektual, masofaviy ta’lim asosidagi o‘quv-metodik ta’minoti o‘quv   jarayoni mazmunini optimallashtirish, o‘quv  materiallarini tasviriy modellashtirish, baholash indikatorlarini belgilash asosida ishlab  chiqilgan;

axborotlashtirilgan ta’lim muhitini yaratishda o‘zaro aloqa vositalari protokoli, axborot resurslari, apparat-dasturiy ta’minotidan iborat tashkiliy tamoyillar asosida o‘quv materialidan variativ foydalanish imkonini beruvchi axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirishning interfaol texnologiyasi takomillashtirilgan;

bo‘lajak kichik mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorgarligi darajasini aniqlashda “Muloqot-nazorat darsi” takomillashtirilgan metodik tizimi ishlab chiqilgan.

  1. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Axborotlashtirilgan ta’lim muhitida kichik mutaxassislar tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

axborotlashtirilgan ta’lim muhitini yaratishning tashkiliy tamoyillari, o‘quv materiallari variativligi, kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasiga oid xulosalaridan O‘MKHT markazining 2015 yil 28 sentyabrdagi 283-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 3521904 raqamli (Kompyuter va kompyuter tarmoqlarini ishlatish va ularning dasturiy ta’minoti) ta’lim yo‘nalishining malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2017 yil 3 noyabrdagi  MX-01/20-166-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiya va takliflar bo‘lajak kichik mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish usullari va ta’lim jarayoniga joriy etish bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirishga xizmat qilgan;

bo‘lajak kichik mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minotini takomillashtirish imkoniyatlari, axborotlashgan boshqaruvning murakkab dinamik tizimi, kasbiy munosabatlar muhitiga oid takliflardan O‘MKHT markazining 2015 yil 16 iyuldagi 222-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘quv-metodik majmualarni sohalar, kasblar va fanlar bo‘yicha bazasini bosqichma-bosqich shakllantirib borishda o‘z aksini topgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2017 yil 3 noyabrdagi  MX-01/20-166-son ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan ilmiy-metodik ta’minotni amaliyotga tatbiq etish orqali bo‘lajak kichik mutaxassislarni tayyorlash sifati va samaradorligini oshirilishiga imkon yaratilgan;

kasb-hunar kollejlarida integrallashuvini an’anaviy,  intellektual, masofaviy ta’lim asosida tashkil etish, o‘quv jarayoni mazmunini optimallashtirish, o‘quv  materiallarini tasviriy modellashtirish, ijodiy yondashuv asosida metod va texnologiyalarni tanlash kompetensiyalar tizimiga oid takliflar Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarorining  5-ilovasi mazmuniga singdirilgan ( O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2017 yil 3 noyabrdagi  MX-01/20-166-son ma’lumotnomasi). Mazkur kompetensiyalar tizimi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqish hamda takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni yaratishga xizmat qilgan;

axborotlashtirilgan ta’lim muhitini tashkil etishga oid takliflar Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining A-5-19 raqamli “Noravshan to‘plamlar nazariyasi asosida tasvirlarni qayta ishlash va tahlil qilishning algoritmlari va dasturiy ta’minotini yaratish” (2015-2017) mavzusidagi grant loyihalri doirasida foydalanilgan (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2017 yil 3 noyabrdagi  MX-01/20-166-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalarni joriy etilishi bo‘lajak kichik mutaxassislarni tayyorlashda axborotlashtirilgan ta’lim muhitini yaratish orqali ta’lim jarayonining ko‘rgazmaliligini va ta’limni tashkil etishni optimallashgan tezkor muhitini yaratishga xizmat qilgan.

 

Izoxlar soni: 0

interaktiv xizmatlar