Ilmiy-tаdqiqotlаr, innovаtsiyalаr vа ilmiy-pedаgogik kаdrlаr tаyyorlаsh

  • Bosh sahifa
  • -
  • Ilmiy-tаdqiqotlаr, innovаtsiyalаr vа ilmiy-pedаgogik kаdrlаr tаyyorlаsh

Ilmiy-tаdqiqotlаr, innovаtsiyalаr vа ilmiy-pedаgogik kаdrlаr tаyyorlаsh

«Ilmiy-tаdqiqotlаr, innovаtsiyalаr vа ilmiy-pedаgogik kаdrlаr tаyyorlаsh» bo’lim boshlig’i
Musayev Sharof Mamarajabovich
Qabul vaqti: Seshanba 14:00 – 16:00
Telefon: +998 97 138 07 09
E-mail: dgpi-info@edu.uz

Bo‘lim institutda ilmiy ishlarni tashkil etish va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash borasida quyidagi faoliyatni olib boradi:

-o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi negizida ikki bosqichda oliy dasturdagi tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish;

-institutda professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalar, magistrlar va doktorantlarni keng jalb qilingan holda ilmiy kengashning mavzuli rejasi, korxona va tashkilotlar buyurtmasi hamda davlat grantlari bo‘yicha ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishini tashkil etish;

-institutda rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining bajarilishi, amaliyotga tadbiq etilishi hamda monografiya va ilmiy maqolalarni nashrga tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;

-doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishga ko‘maklashish, ixtiro va ratsionalizatorlik takliflari bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish ishlarini olib borish;

-institutning moddiy-texnika bazasi va axborotlar etkazib berish tizimlarini rivojlantirish;

-o‘qituvchi va talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan e’lon qilingan amaliy va fundamental loyihalar tanlovida va har yili o‘tkaziladigan “Innovatsion g‘oyalar, loyihalar va texnologiyalar”  Respublika yarmarkasida hamda nomli stipendiyalarini tayinlashda ishtirokini tashkil etish;

-ilmiy-tadqiqot ishlarida xalqaro aloqalarni o‘rnatish;

-doktorant, mustaqil izlanuvchi va magistrantlarning murojaatlarini o‘z vaqtida batafsil ko‘rib chiqish, buzilgan ichki-tartib qoidalarining tiklanishini ta’minlash;

-fakultet dekanlari bilan hamkorlikda talabalar va magistrlar orasidan iqtidorlarini topish va ular bilan ishlash, ularni turli  tanlovlarda ishtirokini ta’minlash va fanlar olimpiadalariga tayyorlash tadbirlarini tashkil etish;

-xorijiy oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markaz bilan aloqa o‘rnatish, birgalikda ilmiy laboratoriya markazlari, kafedralar ilmiy kengashlar tashkil qilish chora-tadbirlarini ko‘rish;

-tegishli ixtisoslik va mutaxassislik bo‘yicha yuqori malakali doktorant va magistrlar tayyorlash;

-mehnat qonunlari va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga qat’iy rioya qilish, doktorantlar va magistrlarning o‘qish va mehnat sharoitini yaxshilash hamda o‘quv laboratoriya xonalarini kerakli jihozlar bilan ta’minlash;

– magistrlar va doktorantlarga “Mehnat haqidagi qonun” (M.K.143-moddasi)ga asosan mehnat va ijodiy ta’tillar berilishini ta’minlash.

Institutda 5 ta (Yer usti transport vositalari va tizimlari, Avtomobillar va avtomobil xo‘jaligi, Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi, Avtomobil yo‘llari va aerodromlar, Bino va inshootlar qurilishi, Materiallarning kimyoviy qarshiligi va zanglashdan himoyalash, Energiya tejamkorligi, Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish, To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi, Intellektual transport tizimlari, Menejment, Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish, Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha), Paxtani dastlabki ishlash va urug‘ tayyorlash texnologiyasi, Professional ta’lim nazariyasi va metodikasi (avtotransport), Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji (turlari bo‘yicha),) yo‘nalish bo‘yicha magistratura mavjud. Shuningdek, 10 ta yo‘nalishda  (05.01.02-Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash, 05.08.06-G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish, 05.06.02-To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom-ashyoga dastlabki ishlov berish, 13.00.05.-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi, 05.05.06-Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari, 05.09.05- Qurilish materiallari va buyumlari, 02.00.13-Noorganik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi, 05.09.03-Issiqlik ta’minoti, ventilyasiya havoni kondisiyalash,gaz ta’minoti va yoritish, 03.00.05-Botanika, 11.00.05-Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish) tayanch doktorantura faoliyat yuritmoqda.

Institutda 450 nafar asosiy shtatda  (o‘rindoshlar 65 ta) professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi.  SHulardan 30 ta fan doktori, 111 ta fan nomzodlaridir.

Institutimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan  2021 yilda 1 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilindi. 2017 yil 1noyabrda “Kasb ta’limi” kafedrasi dotsenti p.f.n. J.A.Hamidov tomonidan “Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalarini yaratish va qo‘llash texnologiyasi” mavzusida, 2017 yil 28 noyabrda “Informatika va informatsion texnologiyalar” kafedrasi dotsenti  p.f.n. O.X.To‘raqulov “Axborotlashtirilgan ta’lim muhitida kichik mutaxassislar tayyorlashning ilmiy – metodik ta’minotini takomillashtirish (axborot va kompyuter texnologiyalariga ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari misolida) mavzusida doktorlik dissertatsiyasi, “Erusti transport tizimlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi S.V.Jiyanboev “Maxalliy xomashyolar asosida yangi kompozitsiyali reduktor surkov moyini olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida falsafa fanlari doktori ilmiy darajasi uchun dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qildi.

Jizzax politexnika institutida innovatsion g‘oya va texnologiyalar sohasida samarali ish olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan e’lon qilingan loyihalarda, xususan  joriy yilning 10-12 may kunlari Toshkent shahrida “O‘zekspomarkaz”da o‘tkazilgan “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar” X Respublika yarmarkasida institut olimlari tomonidan yaratilgan innovatsion loyihalar namoyish etildi. YArmarkada institut olimlari tomonidan 7 ta loyiha namoyish etildi va  yarmarka doirasida 47 mln so‘mlik shartnoma imzolandi.

Jizzax viloyati xududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar markazi bilan xamkorlikda yillarga mo‘ljallangan “YOA7-FQ-0-25290 Tuproq degradatsiyasini baholash usullarini takomillashtirish va uning ekologik-meliorativ holatini yaxshilash” mavzusidagi (umumiy miqdori 50 mln. so‘mlik) 1 ta yosh olimlar hamda “I-2014-7-10 YOg‘-moy sanoati ikkilamchi chiqindilaridan foydalanib surkov materiallarini olish texnologiyasi” mavzusidagi (umumiy miqdori 170 mln so‘mlik) loyihalar yakunlandi.

Olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha joriy etilgan ishlanmalar hajmi 160 mln so‘mni tashkil qildi. Joriy yilda 9 ta patent, 1 ta ixtiro uchun mualliflik guvohnomasi olindi, 8 ta monografiya, 2 ta darslik, 12 ta o‘quv qo‘llanmalar nashr qilindi, xalqaro ilmiy jurnallarda 100 ortiq, O‘z.R.OAK ro‘yxatidagi ilmiy jurnallarda 60 tadan ortiq  maqolalar, xalqaro konferensiyalarda 80 tadan ortiq tezislar e’lon qilindi.

Hozirgi kunda institutda Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida innovatsion g‘oya va texnologiyalar ijodkorligi bo‘yicha byudjet hisobidan moliyalashtirilayotgan quyidagi loyihalar amalga oshirilmoqda.

  1. Bajarilishi 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan “Noravshan to‘plamlar nazariyasi asosida tasvirlarni qayta ishlash va tahlil qilish algoroitmlari va dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi (umumiy miqdori 165 mln. so‘mlik) amaliy loyiha (loyiha rahbari E.A.Saliev) bajarilmoqda.
  2. Bajarilishi 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari” mavzusidagi (umumiy miqdori 170 mln. so‘mlik) fundamental loyiha (loyiha rahbari J.A.Hamidov) bajarilmoqda.
  3. Bajarilishi2019-2021 yillarga mo‘ljallangan “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xizmat ko‘rsatish sifati va tarkibini takomillashtirishning nazariy asoslari” mavzusidagi (umumiy miqdori 190 mln. so‘mlik) fundamental loyiha (loyiha rahbari J.X.Bobonazarova) yuzasidan tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Institutda mavjud bo‘lgan barcha kafedralarda jami 12 ta “Innovatsion guruhlar” tashkil etilgan.

Institut bo‘yicha tuzilgan 12 ta innovatsion guruhning umumiy tarkibi 173nafarni tashkil etadi, unga institutdan 71 nafar professor-o‘qituvchilar va 28 nafar iqtidorli talabalar hamda korxonalardan 53 nafar vakillar kiritilgan.

Korxonalardan olingan ilmiy muammolar ro‘yxatiga 61 ta ilmiy va uslubiy tadqiqot mavzulari kiritilgan. Institut bo‘yicha 2017 yilda mazkur mavzularga doir 2 ta doktorlik dissertatsiyasi, 14 ta magistrlik dissertatsiyasi, 111 ta bitiruv malakaviy ishi, 163 ta kurs ishlari bajarildi.

Fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi bo‘yicha joriy yildagi umumiy ma’lumotlar quyidagicha:

Innovatsion guruhlar soni Innovatsion guruh a’zolari soni SHartnoma asosda hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan korxonalar O‘rganil. korxona.  ilm. texnol. muammolar soni Korxonalar ilmiy-texnologik muammolari asosida yo‘lga qo‘yilgan ITI soni
Jami: SHu jumladan,
Professor-o‘qituvchilar Tayanch doktorantlar Doktorantlar Magistr.talabalari Iqtidorli talabalar Korxona vakillari
Jami: SHu jumladan
Kurs iish BMI Magistrlik dissertatsiyasi (PhD) dissertats (DS) dissertats Xo‘jalik shartnomalari
12 173 71 14 4 7 28 53 45 61 333 163 111 14 14 6 25