Arxitektura va qurilish

Arxitektura va qurilish

card image «Arxitektura va qurilish» fakulteti dеkani
iqtisod fanlari nomzodi. Berdiqulov Azzam Mardonovich
Qabul vaqti: haftaning seshanba, payshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.
Telefon: (97) 815 85 00
E-mail: azzamberdikulov@mail.ru

Arxitektura va qurilish fakulteti tarixi

Mustaqillikdan keyin, 1992-yilda Toshkent politexnika institutining Jizzax filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan, alohida mustaqil Jizzax politexnika institutiga aylantirildi. 1977-yilda Toshkent politexnika institutining Jizzax “Umumtexnika” fakulteti tashkil etildi. 1980-yilda u Toshkent politexnika institutining Jizzax filiali sifatida faoliyat ko‘rsatib, bunda asosan, “Sanoat va fuqaro qurilishi”, “Qurilish buyumlarini ishlab chiqarish” mutaxassisliklari bo‘yicha bugungi kunga qadar respublikamiz va viloyatimiz xalq xo‘jaligiga ko‘plab mutaxassislar yetkazib berdi.

Bu vaqtga kelib institut tarkibiga Toshkent avtomobil yo‘llari institutning Jizzaxdagi “Umumtexnika”, Toshkent Kimyo texnologiya institutining Jizzax “Umumtexnika” fakultetlari ham birlashtirilib Jizzax politexnika instituti tarkibida 5 ta fakultet faoliyat ko‘rsata boshladi. Bular: “Qurilish muhandisligi”, “Muhandislik iqtisodiyoti”, “Avtomexanika”, “Kimyo texnologiya”, “Kechki-sirtqi” fakultetlari shular jumlasidandir.

Hozirgi “Arxitektura va qurilish” fakulteti 2014-yil  12-iyundagi “Vazirlar Mahkamasining Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida 2012-yil 29- iyundagi 187-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida” 157-son qarori, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2014-yil 14-iyundagi 229-sonli buyrug‘ini ta’minlash maqsadida, “Binolar va muhandislik inshootlari injineringi” nomi bilan “Avtotransport” hamda institutning “Sanoat texnologiyasi va qurilish” fakulteti bazasida “Sanoat texnologiyasi” fakultetlari tashkil etildi.

Jizzax viloyatining ishlab chiqarish va qurilish tarmoqlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish orqali mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, Jizzax erkin industrial zonasida zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etilgan korxonalar uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tizimli yo‘lga qo‘yish, respublika hududlarida arxitektura va qurilish sohasi xodimlari kasb darajasi va malakasini zamonaviy talablarga muvofiq muntazam oshirib borish tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 5-sentyabrdagi 699-son qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2017-yil 17- sentyabrdagi 650-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institutida “Arxitektura va qurilish”, “Sanoat texnologiyalari”, “Avtotransport”, “Elektromexanika va radioelektronika”, “Servis” fakultetlari tashkil topdi.

Hozirda “Arxitektura va qurilish” fakultetini dekan sifatida Berdiqulov Azzam Mardonovich boshqarib kelmoqda.

Sultanov Mansur G‘aniyevich Jizzax politexnika instituti “Arxitektura va qurilish” fakultetining o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini.

Anarbayev Jaxongir Batir o‘g‘li Jizzax politexnika instituti “Arxitektura va qurilish” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovuni.

  «Arxitektura va qurilish» fakulteti O‘quv Ishlari bo‘yicha dekan muovuni
 Sultanov Mansur G‘aniyevich
Qabul vaqti: har kuni soat 08-30 dan 16-00 gacha
Telefon: +99894 199-22-33
E-mail: msultonov626@gmail.com

.

Sultanov Mansur G‘aniyevich “Arxitektura va qurilish” fakultetining o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini. 1988-yil 30-iyunda Jizzax viloyati Forish tumanida tavallud topgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 2019 – yil Jizzax politexnika instituti “Servis” fakulteti KT-iqtisod ta’lim yo‘nalishini tamomlagan.

Anorboyev Jaxongir Batir o‘g‘li Jizzax politexnika instituti “Arxitektura va qurilish” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari.

  «Arxitektura va qurilish» fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari
Anorboyev Jaxongir Batir o‘g‘li
Qabul vaqti: har kuni soat 08-30 dan 16-00 gacha
Telefon: +99894-342-27-32
E-mail: anarboyevj@bk.ru

Anorboyev Jaxongir Batir o‘g‘li “Arxitektura va qurilish” fakultetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovuni, 1991-yil 8  -fevralda Jizzax viloyati, Baxmal tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy.

Hozirgi kunda «Arxitektura va qurilish» fakulteti tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:

Hozirgi kunda Arxitektura va qurilishfakulteti tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:

  1. “Bino va inshootlar qurilish”
  2. “Muhandislik kommunikatsiyalari”
  3. “Arxitekturaviy loyihalash”
  4. “O‘zbek tili va adabiyoti”.

 

“Arxitektura va qurilish” fakulteti tarkibida 4 ta kafedra faoliyat ko‘rsatadi:

  1. “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi, kafedra mudiri t.f.n. dots. Asatov Nurmuxammad Abdunazarovich.
  2. “Muhandislik kommunikatsiyalari” kafedrasi, kafedra mudiri katta o‘qituvchi Sultonov Akmal .
  3. “Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi, kafedra mudiri t.f.n. dots. Bobobekov Baxodir Kudratovich.
  4. “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi, kafedra mudiri katta o‘qituvchi Xamdamova Xanifaxon Shukurillayevna

 

Fakultetda 4 ta ta’lim yo’nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.

  1. 60730300 – “Bino va inshootlar qurilishi”
  2. 60730400 – “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji”
  3. 60730100 – “Arxitektura” (turlari bo‘yicha)
  4. 5610100 – “Xizmatlar sohasi” (uy-joy kommunal va maishiy xizmatlar)

Bugungi kunda fakultetimiz jamoasi “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida talabalarga bilim berib, ularni jahon andozalariga javob beradigan qilib tayyorlashga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Hozirgi kunda fakultetda 879 nafar bakalavr tahsil olib kelmoqda.

 

Bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlarining malaka talablari

1-KURS

 60730100  – Arxitektura (turlari bo‘yicha)

60730300  – Bino va inshootlar qurilishi (bino va inshootlarni loyihalash,qurish)

60730400 – Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (Issiqlik-gaz ta’minoti va ventilyatsiya)

 

2-KURS

5340100 – Arxitektura (turlari bo‘yicha)

5340200 – Bino va inshootlar qurilishi (sanoat va fuqaro binolari)

5340400 – Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (Issiqlik-gaz ta’minoti va ventilyatsiya)

5340400 – Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (Suv ta’minoti va oqova suvlarni oqizish)

5610100 – Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)

 

 

3-KURS

5340100 – Arxitektura (turlari bo‘yicha)

5340200 – Bino va inshootlar qurilishi (sanoat va fuqaro binolari)

5340400 – Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (Issiqlik-gaz ta’minoti va ventilyatsiya)

5340400 – Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (Suv ta’minoti va oqova suvlarni oqizish)

5610100 – Xizmatlar sohasi (uy-joy komunal va maishiy xizmatlar)

 

4-KURS

5340200 – Bino va inshootlar qurilishi (sanoat va fuqaro binolari)

5340400 – Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (Issiqlik-gaz ta’minoti va ventilyatsiya)

5340400 – Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (Suv ta’minoti va oqova suvlarni oqizish)

5610100 – Xizmatlar sohasi (uy-joy komunal va maishiy xizmatlar)

5340100 – Arxitektura (turlari bo‘yicha)