Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Avtomobil yo’llari

«Avtomobil yo’llari» kafedrasi mudiri

Erboyev Shavkat Ochiltoshevich

Qabul kunlari: Dushanba-Juma (14:00-16:00 gacha).

Tel.: (0 372) 223-04-23, 280-30-79

E-mail: erboev75@mail.ru

Erboyev Shavkat 1975 yilda tug’ilgan, o’zbek, ma’lumoti oliy, 1997 yilda Jizzax politexnika institutini quruvchi-muhandis texnolog mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan, 2018 yildan esa Toshkent avtomobil yo’llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutini (mustaqil izlanuvchi).

Erboyev Shavkat 20 ta ilmiy-metodik ishlar, shu jumladan, 23 ta o’quv-metodik ishlar muallifidir. Uning ilmiy ishlari Avstriya, Rossiya, Belorusiya  davlatlar ilmiy jurnallarida chop etilgan.

«Avtomobil yo’llari» kafedrasi tarixi

«Bino va inshootlar qurilishi» kafedrasi negizida 2006-yil 5340600-«Transport inshootlari ekspluatatsiyasi» yo’nalishi ochilgan bo’lib, Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (transport turlari bo’yicha) yo’nalishiga talab oshganini hisobga olib 2010-yil sentabr oyidan boshlab «Bino va inshootlar qurilishi» kafedrasi negizidan «Avtomobil yo’llari va harakat xavfsizligi» kafedrasi ajralib alohida kafedra bo’lib chiqdi.

2011-yili kafedrada yangi 5340800-«Avtomobil  yo’llari va aerodromlar» yo’nalishiga qabul boshlandi. 2012-yildan boshlab kafedra qoshida 5A340602-«Avtomobil yo’llari va aerodromlarni ta’mirlash va saqlash» mutaxassisligi bo’yicha magistraturaga qabul boshlandi.

2012-2013 o’quv yilida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan kafedra nomi «Avtomobil yo’llari» deb o’zgartirildi va kafedra mudiri etib Adilov Oqbo’ta Karimovich tayinlandi.

2013-2014 o’quv yillarida kafedra mudiri lavozimida Berdiqulov A’zam Mardonovich boshqarib bordi.

Kafedrada 2016-2017 yillarda kafedra mudiri lavozimida G’aniev In’omjon G’ulomovich olib bordi. Kafedrada 2018-yil 12 aprelidan kafedra mudiri etib  Erboyev Shavkat Ochiltoshevich tayinlandi.

Bugungi kunda kafedrada 5340600-«Transport inshootlari ekspluatatsiyasi» bakalavr mutaxassisligi, 5340800-«Avtomobil yo’llari va aerodromlar» bakalavr mutaxassisligi,  «5A341401-«Avtomobil yo’llarini loyixalash va qurish» hamda 5A340801-«Avtomobil yo’llari va aerodromlar (umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari va aerodromlar )» magistratura mutaxassisligi bo’yicha jami 461 ta talaba va magistrlar ta’lim olmoqda. Shulardan 174 ta talaba grand asosida, 280 ta talaba to’lov kontrakt asosida, 2 ta magistr grand asosida, 2 ta magistr to’lov kontrakt asosida tahsil olmoqda.

«Avtomobil yo’llari» kafedrasida tayyorlanayotgan kadrlar ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisligi:

«Avtomobil yo’llari»  kafedrasida kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida 2 bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar va 1 magistr mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda.

Bakalavr:

  1. 5340600-«Transport inshootlarinin gekspluatatsiyasi (transport turlari bo’yicha)» yo’nalishi
  2. 5340800-«Avtomobil yo’llari va aerodromlar» yo’nalishi

Magistr:

  1.  «5A341401-«Avtomobil yo’llarini loyixalash va qurish» mutaxassisligi

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

Bakalavriat:
  • Yo‘l qurilish materiallari
  • Yo‘l inshootlari arxitekturasi
  • Muhandislik geologiyasi va gruntlar mexanikasi
  • Yo‘l qurilish mashinalari va jihozlari
  • Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari
  • Zamin va poydevorlar
  • Avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish
  • Avtomobil yo‘llarini qurishni tashkil qilish va texnalogiyasi asoslari
  • Avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiyasi asoslari
  • Ko‘priklarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi asoslari
  • Transport tonellarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi asoslari
  • Aerodromlarni loyihalash,  qurish va ekspluatatsiya qilish asoslari
  • Shahar ko‘chalari va yo‘llari
Magistratura
  • Zamonaviy yo‘llar va aerodromlar qurilish materiallarini ishlab chiqarish texnalogiyalari va sifatini boshqarish
  • Avtomobil yo‘llari va aerodromlar loyixalashda informatsion texnologiyalar
  • Avtomobil yo‘llari va aerodromlarni qurishda yangi texnologiyalarni qo‘llash
  • Avtomobil yo‘llari vaaerodromlarni ta’mirlash va saqlashning zamonaviy texnalogiyalari
  • Avtomobil yo‘llari va aerodromlarni ekspluatatsiya qilish
  • Avtomobil yo‘llari va aerodromlarni diagnostikasi
  • Avtomobil yo‘llari va aerodromlarni ishonchliligi
  • Avtomobil yo‘llari va aerodromlarni rekonstruksiya qilish
  • Yo‘llar va aerodromlarni qurilishi mashinalari va jixozlari
  • Yo‘llar va aerodromlarni qurilishida logistika
Hozirgi kunda kafedrada 22 ta professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda. 3 ta dotsent, 8 ta katta o’qituvchi, 8 ta assistent, 3 ta o’rindoshlar.
Kafedra professor-o’qituvchilari
  1. G‘aniev I.
  2. Xamraqulov R.
  3. Raxmonov B.
  4. Xidoyatullaev X.
  5. Bobojonov R.
  6. Maxkamov Z.
  7. Tovboev B.
  8. Qoraqulov X.
  9. Mirzabekov M.
  10. Qosimova D.
  11. Yuzboev R.
  12. Umrzoqov Z.
  13. Yusupov J.
  14. Zafarov O.
  15. Xudoyberdiyev J.
  16. O‘rozov A.
  17. Murodov Z.
  18. Isroilov O.
  19. Xamroqulova E.
  20. Rayimjonov O.
Kafedra jamoasi oldiga zamonaviy avtomobil yo’llari va aerodromlarni qurish va loyixalash bo’yicha yetuk bakalavr va magistrlar tayyorlash, o’quv uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish asosiy vazifalar etib belgilandi.
Erishilgan ilmiy natijalar:
Kafedra qoshida Qurilish mahsulotini sinash akkreditatsiyalangan laboratoriyasi faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. Mazkur laboratoriya davomida magistrantlar va iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot ishilari bo‘yicha dasturlar asosida ilmiy natijalariga ega bo‘lmoqdalar.
“Avtomobil yo‘llari” kafedrasi tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot faoliyati doimiy ravishda institut ilmiy va ilmiy-uslubiy kengashlari yig‘ilishlarida muhokama qilingan hamda tegishli qarorlar qabul qilingan.
Yangi 2017 yil uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
  • Kafedra ilmiy salohiyatini 50 % ga yetkazish yo‘llarini izlash;
  • Mustaqil tadqiqotchilar dissertatsiyalarining bajarilish ahvoli haqida fakultetlari lmiy kengash yig‘ilishlarida atroflicha muhokama qilish va tegishli qarorlar qabul qilish;
  • Kafedrada davlat grantlari, korxona va tashkilotlar buyurtmasi (shartnoma) asosida tegishli ixtisoslik va mutaxassisliklar bo‘yicha mutaxassis ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlovchi, doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishga, ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etishga, ixtiro va ratsionalizatorlik takliflari bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirishga ko‘maklashish;
  • Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilayotgan innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishda tatbiq etish masalalarini amalga oshirish;
  • Kafedrada xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazish;
  • Iqtidorli talabalar va yosh olimlarni turli xil anjuman va tanlovlarda faolishtirok etishini ta’minlash;
  • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi bilan hamkorlikda talabalarni tajriba konstruktorlik va ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilishga alohida e’tibor qaratish;
  • Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalarni o‘rnatish borasida faol harakat qilish.
 
2012-2017 yillarda bajarilayotgan innovatsion fundamental ilmiy tadqiqot ishlari
 
Ko‘priklar  monitoring  tizimi;
Transport inshootlarini faqulotda vaziyatlarda texnik boshqarish.
Bugungi kunda iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilinmoqda.
Kafedrada o‘tiladigan  fanlar bo‘yicha ilg‘or pedogogik va axborot texnologiyalardan samarali foydalanilmoqda.
O‘quv yili davomida talabalarga har taraflama   chuqur bilim berish maqsadida yangi pedagogik va axborot texnologiyalardan  unumli foydalanishga  asosiy e’tibor qaratildi. Hamma fanlardan  ko‘rgazmali qurollar,  elektron slaydlar tayyorlangan  va institut ARM bazasiga kiritilgan.
Kafedrada yaratilgan o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar, elektron slaydlar har oyda Ziyonet elektron tarmog‘iga joylashtirilb kelinmoqda.
Shuningdek kafedradagi maxsus fanlardan etishmagan o‘quv adabiyotlar bo‘yicha shu o‘quv yili davomida 2 ta o‘quv qo‘llanma kafedra o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilib o‘quv jarayoniga qo‘llanildi.
“Avtomobil yo‘llari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan  2016/17 o‘quv yili davomida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan 9 fandan  amaliy va laboratoriya ishlarini bajarishga doir uslubiy qo‘llanmalar va ko‘rsatmalar yaratildi.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilmoqda. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda multimediya, prezentatsiya, ish o‘yinlari qo‘llanilmoqda. Ma’ruza mashg‘ulotlarining 20% dan ortig‘i muammoli tarzda tashkil etilib, ularda talabalarning faolligi ta’minlanmoqda. Buning natijasida kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha talabalarning o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yildan yilga ortib bormoqda. Talabalar bilimini baholashning reyting tizimiga qat’iy amal qilinmoqda. Mustaqil ta’lim uchun ajratilgan soatlar hajmida talabalar  slayd, krossvord, test va ilmiy maqolalar tayyorlab o‘z reyting ballarini oshirishga erishmoqdalar.
2016/17 o‘quv yilida  kafedraning  3 nafar o‘qituvchilari reja asosida  Toshkent arxitektura-qurilish instituti qoshidagi tarmoq qayta tayyorlash va malaka  oshirish  markazida, “Avtomobil yo‘llari va aerodromlar” yo’nalishi bo‘yicha 2017 yilning 1 martidan 28 aprelgacha qayta tayyorlash va malaka oshirish kursidan o‘tdilar.

Kafedra o'qituvchilari


Bobojonov Rovshan Tursinovich

Ma'lumoti: oliy, Toshkent avtomobil yo’llari va transporti instituti. Avtomobil yo’llari ixtisosligi, quruvchi muhandis kvalifikatsiyasi.
Magistratura: Yo'q
Aspirantura: Yo'q

Zafarov Olmos Zafarovich

Ma'lumoti: oliy, 2013y. Jizzax politexnika instituti. Qurilish fakulьteti. Transport Inshootlaridan foydalanish
Magistratura: 2015y. Toshkent avtomobilь-yo’llar instituti instituti. Yo’l qurilish fakulьteti. Avtomobilь yo’llari va aerodromlarni qurish, taьmirlash va saqlash
Aspirantura: Yo'q

Qorakulov Xolmeli Mirzaevich

Ma'lumoti: oliy, Toshkent politexnika instituti 1986 yil
Magistratura: Sanoat va grajdan qurilishi. injener-quruvchi
Aspirantura: Yo'q

Kasimova Dilrabo Pardaevna

Ma'lumoti: oliy, A.Beruniy nomli Toshkent Politexnika institutini “Sanoat va grajdan qurilishi” mutaxassisligi bo’yicha
Magistratura: Yo'q
Aspirantura: Yo'q

Maxkamov Zafarjon Taslimovich

Ma'lumoti: oliy, Toshkent avtomobil-yo’llar instituti. Yo’l qurilishi fakulteti. Avtomobil yo’llari ixtisosligi, quruvchi muhandis kvalifikatsiyasi
Magistratura: Yo'q
Aspirantura: Yo'q

Muradov Zuxriddin Muxitdin o’g’li

Ma'lumoti: oliy, 2015 y. Jizzax politexnika instituti. Qurilish fakulteti. Transport Inshootlaridan foydalanish
Magistratura: 2017 y. Jizzax politexnika instituti. Bino va muxandistlmk inshootlari injineringi fakulteti. Avtomobil yo’llari va aerodromlar.
Aspirantura: Yo'q

Raxmonov Buriboy XXX

Ma'lumoti: oliy, Toshkent Davlat Universiteti. Gidrogeologiya va injenerlik geologiya
Magistratura: Yo'q
Aspirantura: Moskva PNIIIS Goskomarxstroy RSFSR. Texnika fanlari nomzodi

Tovboev Baxrom Xabibullaevich

Ma'lumoti: oliy, Jizzax politexnika instituti. Qurilishi fakulteti. Avtomobil yo’llari va aerodromlarni qurish
Magistratura: Yo'q
Aspirantura: Jizzax politexnika instituti. 2009 yil

Umirzoqov Zarpulla Antarovich

Ma'lumoti: oliy, 1985y.Toshkent avtomobil yo’llar instituti. Yo’l qurilish mashinalari fakulteti.
Magistratura: Yo'q
Aspirantura: Yo'q

O’rozov Abduraxmon Maxmadraximovich

Ma'lumoti: oliy, 2014y. Jizzax politexnika instituti. Qurilish fakulteti. Transport Inshootlaridan foydalanish.
Magistratura: 2016y. Jizzax politexnika instituti. Bino va muxandislik inshootlari injiniringi fakulteti. Avtomobil yo’llari va aerodromlar.
Aspirantura: Yo'q

Xamraqulov Ravshan Jabborovich

Ma'lumoti: oliy, Samarqand Davlat arxitektura va qurilishi institut Sanoat va grajdan qurilishi. injener-quruvchi 1982 yil.
Magistratura: Yo'q
Aspirantura: Yo'q

Xidoyatullaev Xasan Xayrullaevich

Ma'lumoti: oliy, Toshkent avtomobilь yo’llari instituti. Aloqa yo’llari muhandisi
Magistratura: Yo'q
Aspirantura: Yo'q

Xudoyberdiev Jamshid xxx

Ma'lumoti: oliy, 2012 y. Jizzax politexnika instituti. Qurilish fakulteti. Transport inshootlaridan foydalanish
Magistratura: 2016 y. Jizzax politexnika instituti Bino va inshootlar muxandislik injiniringi. Avtomobil yo’llari va aerodromlarni
Aspirantura: Yo'q

Yuzboev Rustam Alimbekovich

Ma'lumoti: oliy, Jizzax politexnika instituti, 1997 yil Avtomobil yo’llari va aerodromlar qurilishi
Magistratura: Yo'q
Aspirantura: Yo'q

Yusupov Jahongir Marat o’g’li

Ma'lumoti: oliy, Jizzax politexnika instituti Avtomobil yo’llari va aerodromlarni ta’mirlash va saqlash
Magistratura: Jizzax politexnika instituti Avtomobil yo’llari va aerodromlarni ta’mirlash va saqlash
Aspirantura: Yo'q

interaktiv xizmatlar