AL va KXK bo’yicha prorektor

AL va KXK bo’yicha prorektor

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash prorektori

 

f.m.f.n., dots. Parsaxonov Abdulkobi G’ofurovich

 

Qabul vaqti: Payshanba 15:00 – 17:00

 

Telefon:

 

 

“Huelva” (Ispaniya), “Minho” (Portugaliya) va “Ljubljana” (Sloveniya) universitetlari.  Diplom: “Master of Science in Mechanical Engineering”, 2011.

Oliy attestatsiya komissiyasi, Toshkent, O‘zbekiston. Dotsentlik unvoni, 2002.

Jizzax politexnika instituti (Jizzax), YAdro fizikasi instituti (Toshkent), Atom energetikasi instituti (Moskva)«Fizika-matematika fanlari nomzodi» ilmiy darajasi, 1991.

Toshkent politexnika instituti, ToshkentO‘zbekiston«Avtomatika va telemexanika» ixtisosligi bo‘yicha injener-elektrik imtiyozli diplomi, 1983.

Malaka oshirish

1. Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi. Toshkent, 2016.

2. Handong Global University, South Korea.  14-27 dekabr, 2005.

3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy universiteti: “Oliy pedagogika instituti”, 2002.

4. ACTR/ACCELS, Washington D.C., USA. 13-27 iyul, 1999.

Fan
1. Avtomatik boshqarish nazariyasi

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi
Qayta tiklanuvchan energiya manbalari: jismlarning temperatura ta’sirida kengayishi va torayishi hisobiga foydali energiya olish usullari.

Chop etilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanma

“Avtomatik boshqarish nazariyasi” fanidan kurs ishini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmalar. Jizzax-2017, 24 b.

Patent

Parsoxonov A.G‘. “Jismlarning termal kengayishi va torayishi hisobiga elektr energiyasi olish usuli”  UZ. Ixtiro uchun patent arizasi: IAP 20150090. 11-Mart, 2015. Mohiyatan ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan sanasi: 18- Avgust, 2015.

Chop etilgan maqolalari

1. Parsoxonov A.G‘, Hotamov J.A, Mustafoqulov J, Hafizov E.A, Iskanov H.S, Davronov S.M. “Suyuqlikning temperatura ta’sirida kengayishi va torayishi hisobiga energiya ishlab chiqaruvchi qurilma.” Jizzax politexnika instituti. Fan-texnika, ta’lim va texnologiyalar: dolzarb muammolar va rivojlanish tendensiyalari. Ilmiy texnik anjumani materiallari to‘plami, 2-qism, 249-251 betlar. Jizzax, 2017 yil 14-15 aprel.

2. Parsokhonov A.G., Khatamov J.A. “Jet propulsion Model of a Small Autonomous Underwater Vehicle: Motion” Spetsvыpusk mejdunarodnogo jurnala  «Molodoy uchyonыy» . № 7.2 (111.2) 2016. Str. 5-12.

3. A.Parsokhonov. Renewable Energy Source from Natural Thermal Expansion and Contraction of Matters. American Scientific Research Journal for Engineering, Technology, and Sciences (ASRJETS) (2016) Volume 23, No 1, pp 121-130.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 martdagi 07/2-1-6 sonli topshirig’iga asosan institutda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan ishlashni yaxshilash maqsadida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash prorektori lavozimi va akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi tashkil etilgan.

Jizzax politexnika instituti akademik litseyiga institutning 6 ta umumta’lim fanlari kafedralari biriktirilgan. Viloyatdagi 28 ta  kasb-hunar kollejlari bilan institutning 16 ta kafedrasi hamkorlik ishlarini olib bormoqda.

Akademik litsey va biriktirilgan kasb-hunar kollejlari qatorida viloyatdagi barcha kasb-hunar kollejlariga uslubiy ta’minotni yaxshilash, grantlar asosida xorijdan keltirilgan jihozlardan samarali foydalanish, elektron resurslarni yetkazib berish, institutning malakali o’qituvchilarini litsey va kollejlarda dars o’tishga jalb qilish, OTM testlariga,  fan olimpiadalariga tayyorlash va boshqa masalalarda amaliy yordam berib kelinmoqda.

Jizzax politexnika instituti akademik litseyi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24- fevraldagi 77-sonli qarori va Jizzax viloyat hokimligining 1998 yil 22-iyundagi 182-sonli qaroriga asosan Jizzax shahar 1-sonli akademik litsey tashkil etilgan.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazining 2009 yil 3-fevraldagi 20-sonli buyrug’ida ta’lim muassasasining nomi Jizzax Politexnika instituti qoshidagi 1-son akademik litseyi deb ko’rsatilgan.

Jizzax shahar hokimining 2009 yil 8-maydagi 613-sonli qaroriga ko’ra litseyga «Jizzax politexnika instituti qoshidagi akademik litsey» nomi berilgan.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 10 noyabridagi 87-02-3497-sonli xatidagi topshiriqlar ijrosi yuzasdan «Jizzax politexnika institut qoshidagi akademik litsey» nomi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi PQ-3290-sonli qarorining 2-ilovasiga asosan «Jizzax politexnika instituti akademik litseyi» deb o’zgartirildi.

Academik litsey o’quv binosi 720 o’ringa mo’ljallangan. 200 o’rinli yotoqxona mavjud. Litsеyda aniq fanlar, tabiiy fanlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar yo’nalishlarida mashg’ulotlar olib boriladi. Akadеmik litsеyda 78 nafar pеdagog-o’qituvchilar o’quvchilarga ta’lim tarbiya bеrib kеlmoqda. Shundan 48 nafari ayollardir.