Moliyaviy-iqtisodiy ishlari bo’yicha prorektor

  • Bosh sahifa
  • -
  • Moliyaviy-iqtisodiy ishlari bo’yicha prorektor

Moliyaviy-iqtisodiy ishlari bo’yicha prorektor

Moliya-iqtisod ishlari bo’yicha prorektor
Alikabulov Shuxrat Abdumalikovich
Qabul vaqti: Shanba 10:00 – 12:00
Telefon: 0372-226-40-00
E-mail: 5@list.ru

Alikabulov Shuxrat Abdumalikovich2021 yilning 18-maydan hozirga qadar Jizzax politexnika instituti Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda. Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Umumiy mehnat faoliyati 20 yil.

Alikabulov Shuxrat Abdumalikovich – 1984 yilda Jizzax viloyati Zomin tumanida tug‘ilgan. Alikabulov Shuxrat Abdumalikovich ko‘p yillardan beri o‘z ish faoliyati davomida institutimizning rivojlanishi uchun ulkan hisssalarini qo‘shib kelmoqda. 2001-2002-yillarda Jizzax viloyati Do’stlik tumani “Do‘stlik don mahsulotlari aksiyadorlik jamiyati” xodimi, 2002-2004-yillarda O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlar safida xizmatda, 2004-2008-yillarda Jizzax politexnika instituti “Bino va inshoatlar qurilishi” ta’lim yo’nalishi talabasi 2009-2011-yillarda Toshkent Arxitektura Qurilish Instituti “Binolar, shahar hududlarini kompleks qayta qurish, tiklash va ulardan foydalanish” ixtisosligi bo’yicha magistranti,  2012-2020-yillarda Jizzax politexnika instituti “Bino va inshootlari qurilishi”  kafedrasi assistenti, 2020-2021-yillarda Jizzax politexnika instituti “Bino va inshootlari qurilishi”  kafedrasi katta o‘qituvchisi hamda Jizzax politexnika instituti “Arxitektura va qurilish” fakulteti dekan o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Alikabulov Shuxrat Abdumalikovich – “Mahalliy xomashyolardan foydalanib kompozision qurilish bitumlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi ixtisosligi bo’yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Alikabulov Shuxrat Abdumalikovich Xalqaro va Respublika miqyosidagi nashriyotlarda 25 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi. Alikabulov Shuxrat Abdumalikovich institut jamoat ishlarida hamda o’tkaziladigan tadbirlarda faol qatnashib kelmoqda va u o’z ish faoliyati davomida ko’plab shogirdlar yetishtirib kelmoqda.

Biografiya:

2002-2002 yy. -Do‘stlik don mahsulotlari aksiyadorlik jamiyati xodimi

2002-2004 yy. -O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlar safida xizmatda

2004-2008 yy. -Jizzax politexnika instituti talabasi

2009-2011 yy. -Toshkent arxitektura kurilish instituti magistri

2012-2020 yy. -Jizzax politexnika instituti bino va inshootlari qurilishi kafedrasi assistenti

2020-2021yy. -Jizzax politexnika instituti katta o‘qituvchisi, arxitektura va qurilish fakulteti dekan o‘rinbosari

2021 y. h.v. -Jizzax politexnika instituti Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori