Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

O’quv ishlari bo’yicha prorektor

O’quv ishlari bo’yicha prorektor
Texnika fanlari nomzodi, dotsent Egamnazarov G’ayrat G’aybullayevich
Qabul vaqti: Dushanba 15:00 – 17:00
Telefon: 0372-226-45-06
e-mail: egamnazarov.g@mail.ru

Egamnazarov G`ayrat G`aybullayevich 1974 yil 14 mayda Jizzax viloyati Jizzax tumanida  tug’ilgan.

U 1991 yilda Jizzax viloyati Jizzax shahridagi 11-sonli o’rta maktabni oltin medal bilan yakunlab, ushbu yilda Jizzax davlat pedagogika institutiga o’qishga kirdi. 1996 yilda mazkur institutni «Umumtexnika fanlari o`qituvchisi» mutaxassisligi bo’yicha tugatdi.
1996 yilda o’z mexnat faoliyatini Jizzax tumanidagi 23-sonli o`rta maktabda chizmachilik fani o`qituvchisi sifatida boshladi. 1997 yildan boshlab Jizzax politexnika institutinig “Agroinjeneriya” kafedrasida laboratoriya mudiri, stajor o`qituvchi vazifalarida ishlab keidi.

2000 yilda Jizzax politexnika institutining 05.20.01- Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirish” mutaxassisligi boyicha kunduzgi bo`lim aspiranturasida taxsil oldi. 2003 yilda «Qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalashtirish” kafedrasida assisten, katta o`qituvchi lavozimlarida ishlab keldi. 2010 yilda olib brogan ilmiy tadqiqotlari natijasida Toshkent irrigatsiy va melioratsiya institute qoshidagi 05.20.01 – Qishloq xo`jalik va melioratsiya mashinalari, qishloq xo`jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish texnologiyalari” yo`nalishi bo`yicha ixtisoslashtirilgan kengashda nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qildi. Mazkur yilda “Fermer va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalshtirish” kafedrasi mudiri lavozimida mehnat faoliyatini davom ettirdi. 2011 yilda “Avtomexanika” fakulteti dekani, 2012 yildan “Umumtexnika fanlari” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab keldi. 2017 yil sentyabrdan o`quv ishlari bo`yicha prorektor lavozimida ishlab kelmoqda.

Egamnazarov G`.G`. Xalqaro va Respublika miqyosidagi nashriyotlarda 35 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi. U o’z ish faoliyati davomida ko’plab shogirdlar yetishtirib kelmoqda.

Biografiya:

1996-1997 yy – Jizzax viloyat Jizzax tuman N.Barakayev nomli maktab o’qituvchisi
1997-1999 yy – Jizzax politexnika instituti “Agroinjeneriya” kafedrasi stajyor o’qituvchisi
1999-2003 yy – Jizzax politexnika instituti aspiranti
2003-2004 yy – Jizzax politexnika instituti “Agroinjeneriya” kafedrasi laboratoriya mudiri
2004-2006 yy – Jizzax politexnika instituti “Agroinjeneriya” kafedrasi assistenti
2006-2011 yy – Jizzax politexnika instituti “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish” kafedrasi katta o’qituvchisi
2011-2012 yy – Jizzax politexnika instituti avtotransport fakulteti dekani
2014-2017 yy – Jizzax politexnika institutining “Umumtexnikaka fanlari” kafedrasi mudiri
2017- h.v. y. – Jizzax politexnika instituti O’quv ishlari bo’yicha prorektor

interaktiv xizmatlar