Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Umumiy ma’lumot

Uning tashabbusi bilan 2017 yilning sentyabr oyidan institut tuzilmasiga o‘zgartirish kiritilib, yangi “Servis”, “Elektromexanika va radioelektronika” fakul’tetlari, 5 ta yangi kafedralar tashkil qilinib, “Arxitektura va qurilish” fakul’teti qoshida “Arxitektura-loyixachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” mintaqaviy markazi tashkil qilinib xozirgi kunda Jizzax, Samarqand hamda Sirdaryo viloyatlari arxitektor-loyixachilari va quruvchilari malakasi oshirilib borilmoqda.

Institutda o‘quv va ilmiy faoliyatni samarali tashkil qilish, moddiy texnika bazasini mustaxkamlash maqsadida 800,0 mln. so‘mlik o‘quv mebellari, 266,0 mln. so‘mlik o‘quv laboratoriya texnikalari sotib olindi hamda o‘quv-laboratoriya binosida 40 ta o‘quv xonalari yangi zamonaviy mebellar bilan jixozlandi, 2017 yilda institut 100 ta zamonaviy kompyuterlar bilan jixozlandi, 76,0 mln so‘mlik labaratoriya jixozlari bilan jixozlangan 2 ta kimyo laboratoriya xonasi tashkil qilindi. 400 o‘rinli Talabalar turar joyi kapital ta’mirdan chiqarildi va Talabalar turar joyi binosi yonidan 200 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy Talabalar oshxonasi ishga tushirildi. Institutning xududi to‘liq obodonlashtirilib 8 xildagi mevali daraxtlardan iborat 6,02 ga maydonda zamonaviy usuldagi bog‘ yaratildi.
Tayanch oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari bilan aloqalarni yaxshilash maqsadida institutda 2 ta auditoriyada masofaviy ta’lim markazlarini tashkil qilindi.

Institutda 2017 yilda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari sifatini tubdan yaxshilash maqsadida “O‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari texnoparki” tashkil etildi. Texnopark mutaxassislik kafedralari bazasida mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha eng zamonaviy o‘quv laboratoriya jihozlari bilan ta’minlandi.
Ushbu texnoparkga Er usti transport tizimlari yo‘nalishi bo‘yicha SP «GM Uzbekistan» («Uz-Daewoo Auto») avtomobil zavodidan 3 ta, Samarkand «JV MAN Auto-Uzbekistan» korxonasidan 1 ta, OOO «Samarkand avtomobil zavodi»dan 1 ta – jami 174.4 mln so‘m miqdoridagi avtomobil dvigatellari, Elektroenergetika yo‘nalishi bo‘yicha “O‘zelektroapparat” AJ dan Avtogaz o‘zgaruvchan tok yuklamasini o‘chirgichi, 2500 kVA kuchlanishli transformator podstansiyasi majmui, taqsimlovchi shit, moyli transformatori – jami 846,3 mln. so‘m miqdordagi o‘quv jihozlari, Muxandislik kommunikatsiyalari yo‘nalishi bo‘yicha “Ichimlik suvini uzatish tizimi”, “Avtomatlashtirilgan isitish tizimi”, “Gaz ta’minoti tizimi”, “Ventilyasiya tizimi” bo‘yicha – jami 30,6 mln so‘m miqdoridagi o‘quv stendlari olib kelib o‘rnatildi.

Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti yo‘nalishi bo‘yicha O‘zstandart agentligi homiyligida Oziq ovqat yo‘nalishi bo‘yicha 3 ta maket, Tekstil mahsulotlarini sinash bo‘yicha 5 ta maket, Elektrotexnik mahsulotlarini sinash bo‘yicha 4 ta maket va metrologik faoliyat bo‘yicha 2 ta laboratoriya maketi – jami 43,7 mln so‘m miqdordagi o‘quv maketlari keltirildi. Bundan tashqari tashkil etilgan texnoparkning tom qismiga umumiy miqdori 35,0 mln so‘mlik 1,5 kVtli kuyosh panellari o‘rnatildi.

Germaniyaning Gamburg texnologiya universiteti, Germaniya ekologiya vazirligi va Jizzax politexnika instituti o‘rtasidagi xamkorlikda bajarilayotgan “O‘zbekistonning aholi yashaydigan hududlarida iqlim o‘zgarishiga moslashuv” mavzusidagi (umumiy miqdori 99900 evrolik) xalqaro grant doirasida quvvati 10 kVt kuyosh panellarini olib kelib institut xududiga o‘rnatildi va ilmiy tadqiqot ishlari davom ettirilmoqda. Ushbu grant loyixasi asosida “LUCAS NULLE” elektr jixozlari ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan miqdori 11,0 ming evro bo‘lgan EPH-2 etakchi quyosh labaratoriyasi Elektroenergetika kafedrasining o‘quv xonasiga joylashtirildi.

“Er usti transport tizimlari” kafedrasi qoshida Evropa Ittifoqining xalqaro Tempus dasturi doirasida umumiy qiymati 837996,69 evro bo‘lgan 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan “Avtomagistrallar qurilishi muxandisligi va transport mashinasozligi bo‘yicha o‘quv dasturlarni takomillashtirish” (HIGHVEC loyihasi) mavzusidagi xalqaro loyiha yuzasidan tadqiqot ishlari olib borildi. 2017 yilning yanvar oyida “Transport vositalarini tashxislash” o‘quv-ilmiy laboratoriyasi yuzasidan evropa mamlakatlarida ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 19952,98 evro bo‘lgan 15 ta nomdagi eng zamonaviy o‘quv laboratoriya jihozlari, 14 ta ta’lim yo‘nalishlari uchun umumiy qiymati 2097,73 evro bo‘lgan 21 nomdagi o‘quv va ilmiy-texnik adabiyotlar keltirildi. Ushbu loyiha doirasida 6 nafar o‘qituvchilar Buyuk Britaniya, Portugaliya, Ispaniya, Ruminiya universitetlarida qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida ishtirok etdilar.

2017 yilda institut professor-o‘qituvchilaridan 3 nafar – ikki nafari doktorlik dissertatsiya ishi (DSn), bir nafari (Rhd) bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajalarini olishdi.
Institut ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ish beruvchi korxona va tashkilotlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar banki yaratildi.
Jizzax viloyatida tashkil etilgan Jizzax erkin indisturial zonasi tarkibiga kiruvchi 14 ta korxona, tashkilotlar bilan xamkorlik aloqalari o‘rnatilib, xozirgi vaqtda institut mutaxassislik kafedralar tomonidan korxonalar va tashkilotlar faoliyatlari o‘rganib 2018 yil bitiruvchilarini ishga joylashtirish va malakaviy amaliyotlarini o‘tash bo‘yicha uch tomonlama shartnomalarni imzoladi.

Hozirgi kunda Jizzax Politexnika institutida byudjet hisobidan moliyalashtirilayotgan, bajarilishi 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan “Noravshan to‘plamlar nazariyasi asosida tasvirlarni qayta ishlash va tahlil qilish algoritmlari va dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi umumiy miqdori 165 mln. so‘mlik, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan OT-F1-049 “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy psixolog xususiyatlari” mavzusidagi umumiy miqdori 42.5 mln. so‘mlik fundamental loyixa ishi, 2017-2021 yillarga OT-F1-128 “Iqtisodiyotni moderinizatsiyalash sharoitida xizmat ko‘rsatish sifati va tarkibini takomillashtirishning nazariy asoslari” mavzusidagi qiymati 45 mln.so‘mlik loyihalar yuzasidan tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Institut qoshida “Qurilish mahsulotlarini sinash” laboratoriyasi faoliyatini jadallashtirilishi natijasida 2017 yilda 53 ta tashkilot va korxonalar bilan shartnomalar imzolanib, 88,0 mln. so‘mlik mablag‘ institut hisob raqamiga tushirildi.

interaktiv xizmatlar