Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Xalqaro qizlar kuni

Yaratilgan: Oktyabr 17, 2018 da 3:20

Bo'lim: Yangiliklar

2018 yil 11oktyabr kuni Jizzax politexnika institutida, viloyat xotin-qizlar qo’mitasi, Jizzax politexnika instituti hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2011-yil 11- oktyabrda  ta’sis etilgan  “Xalqaro qizlar kuni”  munosabati bilan  II qizlar festivali o’tkazildi. Tadbirda Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi maktab o’quvchilari, O’rta maxsus ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi Akademik litsey va maktablar o’quvchilari, Oliy ta’lim muassasalari talabalari

–  Noyob ixtiro sohiblari;
–  Ijodkor qizlar;
– Tengdoshlariga eng ko’p ish o’rinlari yaratgan hunarmand qizlar;
– Ilm-fanda yuksak muvaffaqiyatga erishgan qizlar;
– Eng ko’p xoriji tillarni o’zlashtirgan qizlar;
– Sport sohasida  yuksak marralarni egallagan qizlar;
– San’at sohasida muvaffaqiyatgan erishgan qizlar; nominatsiyalari bo’yicha ishtirok etdilar.

Institut foyyesida  ishtirok etgan ta’lim muassasalarining ko’rgazmalari bilan bezatildi.

Tadbirni viloyat hokimi o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasi raisi Nazira Muxtrova kirish so’zi bilan boshladi.

Tadbirda faol ishtirok etgan qizlar viloyat xotin-qizlar qo’mitasi hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar. Jumladan, Jizzax politexnika instituti xotin-qizlar qo’mitasi raisi B.Tursunova, “Sanoat texnologiyasi” fakulьteti 2- bosqich talabasi Sh.Hoshimova, “Arxitektura va qurilish” fakulьteti 3-bosqich talabasi B.Qo’shboqovalar ham tashkilotchiligi va faol ishtiroki uchun taqdirlandilar. Festival OAV larida namoyish etildi.

Institut xotin-qizlar qo’mitasi
boshlang’ich tashkiloti raisi
B.Tursunova

Izoxlar soni: 0

interaktiv xizmatlar