Yengil sanoat texnologiyasi

«Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi mudirii.f.n., dots. Muxtarov Botir Abdusattarovich

Tel.:+99893-540-04-54 (mob)

E-mail: botir.muxtarov.1964@mail.ru

Qabul kunlari: haftaning seshanba, payshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

«Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi

1993-1994 o’quv yilidan boshlab Jizzax Politexnika institutida «Tikuv buyumlar mahsulotlari texnologiyasi» mutaxassisligi bo’yicha talabalar o’qishga qabul qilindi. 1995-1996 o’quv yilida institutga «Engil sanoat mahsulotlari texnologiyasi» yo’nalishi bo’yicha talabalar o’qishga qabul qilinishi munosabati bilan kafedrada engil sanoat korxonalari uchun bakalavrlar tayyorlashga kirishildi. 2002 yilda «Yengil sanoat texnologiyasi» kafedrasi tashkil etildi.

1996 yildan 2006 yilgacha kafedrani f.-m.f.n. dots A. X. Zokirov, 2006-2007 yil dots J. Bobonazarovalar boshqardilar. 2008 yilda Yengil sanoat texnologiyasi kafedrasiga mudir etib G. K. Soatova tayinlandi. Bu yillarda kafedraga qarashli o’quv-laboratoriya xonalari yangi asbob-uskunalar va ko’rgazmali stendlar bilan jihozlandi. 2012 yil oktyabr oyidan boshlab kafedraga iqtisod fanlari nomzodi B. A. Muxtorov raxbarlik qilib kelmoqda. Bu davrda Vazirlar Maxkamasini 2012 yil 24 avgustdagi 178 sonli qarorida belgilangan talabalarni tikuvchilikka bulgan ishtiyoqini e’tiborga olgan xolda kafedra talabasi M. Mannonova tomonidan «Odina Skarlet Textil»MCHJ to’quv sexi tashkil etilib, sex loyixa baxosi 135000 Evro bo’lgan 3 dona teks tuqiydigan dastgoxlar va tikuv mashinalari bilan jixozlandi. Tsexda talabalarga laboratoriya mashg’ulotlarni va amaliyotlarni o’tkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi. Bugungi kunda tsexda 20 nafar bitiruvchi talabalar mehnat qilmoqda. Kuniga 130- 200 dona tayyor mahsulot ishlab chiqarilmoqda.
O’quv ishlari
Xozirgi vaqtda mazkur yunalish «Sanoat texnologiyasi» fakulteti tarkibida bo’lib. 1 kursda – 100 ta, 2 kursda –131 ta, 3 kursda-114 ta va 4 kursda-118 ta, jami 1- 4 kurslarda 464 ta talaba tahsil oladi.

• Kafedrada o’tiladigan fanlarni uslubiy ta’minlanganligiga erishilgan, ya’ni fanlar buyicha o’quv adabiyotlari, uslubiy qo’llanma va ko’rsatmalar bilan ta’minlangan, ma’ruza matnlarining elektron versiyalari, fanlardan elektron o’quv –uslubiy majmualar yaratilgan;
• Kafedrada ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga e’tibor qaratilmoqda, 36 nafar iqtidorli talabalar ilmiy–tadqikot ishlariga jalb qilingan;
• O’quv jarayoniga o’qitishning ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari joriy qilinmoqda;
• «Yengil sanoat texnologiyasi» kafedrasida 5320900 «Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi» yo’nalishining tikuv buyumlari texnologiyasi, yigirilgan ip ishlab chiqarish, to’qimachilik tarmoqari bo’yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda.
Kafedra proffesoar-o’qituvchilari tatkibi.

Kafedra mudiri: Muxtarov Botir Abdusattarovich.
Katta o’qituvchilar: Shumqorova Shamsiya Po’lqatovna, G’ofurova Sojida Sayfullayevna, Yuldasheva Muvluda To’ramurodovna, Ismatova Maxsuda Mirzaqulovna,
Assistentlar: Yuogorova Xilola Isroilovna, Matchonova Nargis Nortoyevna, Egamberdiyev Fazlidddin Otaqulovich, Sadikov Farxod, Kazakova Dilafro’z Erkinovna, Olloyorov Xurram Zafarovich, Gadoyev Nuriddin Ertashevich, Yo’ldashev Xurshid, Xolboeyv Elyor, Karimova Guljaxon, Po’latov Nurbek.
Kafedrada 2008-2017 yillar mobaynida qo’yidagi o’quv qo’llanmalar va darsliklar chop etildi.
«Tikuv buyumlar texnologiyasi» fanidan o’quv qullanma Soatova G.K, G’ofurova S S, «Tikuv buyumlari konstruksiyasi» fanidan Soatova G.K, SHumqorova SH.P o’quv qo’llanma, Maktab fizika ta’limida nostandart laboratoriya ishlaridan foydalanib o’quvchi faoliyatini faollashtirish o’quv qo’llanmasi SHertayloqov G’.M, «Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish jixozlari» fanidan Olimov Q.T, Soatova G.K xammualifligida darslik yaratildi. Kasb xunar kollejlari uchun “Kieimlarni kompyuterda loyihalash” fanidan kafedra mudiri B. A. Muxtarov tomonidan o’quv qo’llanma yozildi.

Kafedra Fan va ishlab chiqarishning korporativ xamkorligini tashkil etish bo’yicha quyidagi ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik qilmoqda:

• «Forish textil» Rossiya O’zbekiston qo’shma korxonasi
– Jizzah plastekstil MCHJ
– Diamond carpet MCHJ
• «EUROASIA KARPET» Turkiya O’zbekiston Q/K
• «JIZZAX KENTEKS» MCHJ
• «Zaristateks» VX:

Kafedra quyidagi oliy o’quv yurtlari bilan xamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan
• Toshkent To’qimachilik va Yengil sanoat institute
• Buxoro yuqori texnologiyalar muxandislik-texnika institute
• Kamoliddin Bexzod nomidagi Dizayn va rassomchilik institute,
-Namangan muxandislik texnologiya institute
-Farg’ona politexnika instituti

Kafedra o'qituvchilari


interaktiv xizmatlar