“YOZGI TA’TILDA MEN NECHTA KITOB O‘QIDIM” MEGA LOYIHASI

Yaratilgan: Iyun 6, 2018 da 1:55

Bo'lim: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ 3271-sonli Qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2017 yil 29 sentyabrdagi №87-02-3149 sonli xatini ,  Jizzax politexnika instituti rektorining 2017 yil 14 oktyabrdagi  №562-AF sonli Buyrug‘ini ta’minlash maqsadida ,O‘zbekiston Respublikasida YOshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi asosida, YUksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, “Arxitektura va qurilish”fakulteti yozgi ta’tilda talabalarning vaqtini unumli foydalanish maqsadidia  “YOZGI TA’TILDA MEN NECHTA KITOB O‘QIDIM” mega loyihasi rejalashtirilgan. Mega loyihadan kutilayotgan asosiy maqsad

“YOZGI TA’TILDA MEN NECHTA KITOB O‘QIDIMmega loyihasi g‘olibi qanday aniqlanadi.

  1. “YOZGI TA’TILDA MEN NECHTA KITOB O‘QIDIM” mega loyihada ishtirokchi talabalar o‘zi o‘qigan kitob nomi va muallifini har xaftada “Arxitektura va qurilish” fakulteti Telegram guruhi (https://t.me/joinchat/A197chH3wne1e4t1K3fA8Q)da keng yoritib boriladi.
  2. Talabalar yozgi ta’tildan qaytgach, o‘zlari o‘qigan kitoblardan tayyorlangan test va savol javoblar orqali, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi hamda zukkoligi aniqlanadi.

G‘oliblar uch nominatsiya bo‘yicha aniqlanadi. G‘oliblar zamonaviy Android uyali aloqa telefoni va qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik bayrami kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan institutning bayram tadbirida talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

“YOZGI TA’TILDA MEN NECHTA KITOB O‘QIDIM” MEGA LOYIHASI TASHKILOTCHISI “ARXITEKTURA VA QURILISH” FAKULTETI

Izoxlar soni: 0

interaktiv xizmatlar