O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2019 yil 20 avgustdagi 15/2365-sonli ko‘rsatmasi, Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2019 yil 11 sentyabrdagi viloyat hududida hamkorlikda “Tig‘” nomli maxsus profilaktik tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 212-sonli buyrug‘i hamda 1626-sonli qo‘shma rejaga asosan viloyatdagi bir qator ta’lim muassasalarida maxsus profilaktik tadbir o‘tkazilishi rejasiga binoan joriy yilning 18 sentyabr kuni institut hududida ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Tig‘” nomli maxsus profilaktik tadbir o‘tkazildi Maxsus profilaktik tadbir davomida asosiy e’tibor institut professor-o‘qituvchilari va xodimlari hamda talabalari tomonidan institut hududiga “sovuq qurol yoki hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan boshqa buyumlar”ni olib kirish, undan qasddan foydalanishning oldini olishga qaratildi. O‘tkazilgan tadbir davomida institut hududida bu turdagi buyumlar borligi aniqlanmadi.

Shundan so‘ng institutning majlislar zalida talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida  viloyat hududida “sovuq qurol yoki hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan boshqa buyumlardan” foydalangan holda sodir etilayotgan jinoyatlar hamda kelgusida bu turdagi jinoyatlarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davra suxbat o'tkazildi.