2019 yil 12 mart kuni Jizzax politexnika institutida “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) raisi  YUsupov Axmadbek Tadjievich ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbatda Jizzax politexnika institutining rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va 65 dan ortiq mustaqil izlanuvchilar ishtirok etishdi. Ochiq muloqot davomida OAK raisiga bir qator savol berilib, ularga berilgan atroflicha javoblar tinglandi, o‘rtaga tashlangan muammoli masalalar muhokama qilindi. Jumladan, PhD Djiyanbaev S. tomonidan ilmiy unvonlarni olish u  chun qo‘yilgan talablardan biri kafedra mudiri yoki boshqa biror lavozimda bo‘lish kerakligini, ushbu muammoni echishda OAK qanday yordam berishi mumkinligi to‘g‘risida savol berildi. Ushbu savolga javoban, OAK raisi hozirgi kunda mavjud nizomlarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlangani, jumladan ularga ko‘ra ilmiy unvonlar berish talablaridan lavozim va muddatga qo‘yiladigan talablarni chiqarish taklifi asoslanganligi haqida aytib o‘tdi. SHuningdek,  katta o‘qituvchi Haqberdiev SH. Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini tadqiq etish dalolatnomalarini olishda muammaolar vujudga kelganligi, bu borada OAK qanday echim taklif qilishi mumkinligi haqida savol berdi. O‘z o‘rnida A.T.YUsupov mazkur masala bo‘yicha tayyorlangan takliflar yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi. OAK raisi ilmiy-tadqiqot faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texn  ologiyalarni keng  joriy qilish yuzasidan, jumladan OAK va oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari kengashlari, shuningdek, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar o‘rtasidagi barcha yozishmalar hamda ilmiy unvonlar va ilmiy darajalarda tasdiqlash bo‘yicha attestatsiya ishlari elektron hujjat aylanish tizimi orqali qabul qilinishi bo‘yicha tegishli dasturiy va ilmiy-tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani to‘g‘risida batafsil tushuntirish berdi. Yig‘ilish so‘ngida O  AK raisi Saidahmedova Nodira, Turapov Ulugbek, Djiyanboev Sirojiddin, Tavboev Sirojiddin, SHertoyloqov G‘ayrat, Nasriddinov Jasur, Berdiyorov Temur, Sagatov Baxodir, Xoldirov Baxodirlarning avtoreferatlariga o‘z tavsiyalarini berdi va ularning ishiga omad tiladi. [gallery ids="4535,4536,4537,4538,4539"]