O'ZBEKISTON XOTIN-QIZLAR QO'MITASI O'ZBEKISTON IXTIROCHI AYOLLAR MARKAZI 18-20-fevral kunlari Turin Politexnika Universitetida «O'zbekiston ayollarning 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» II Respublika tanlovi bo'lib o'tdi. Tanlovda Jizzax viloyatidan qatnashgan 3 nafar ishtirokchi g'oliblikni qo'lga kiritdi: 1. Karimova Kamola G'ulomovna (Jizzax Politexnika Instituti katta o'qituvchisi) 2. Shaydullayeva Dilnoza G'ayratovna (Jizzax Politexnika Instituti talabasi) 3. Narzullayeva Barno Abduvait qizi ( Jizzax viloyati «Hunarmand» uyushmasi a'zosi) G'oliblarni taqdirlash marosimi 26-fevral kuni Toshkent Inha Universitetida bo'lib o'tdi. G'oliblarga diplomlarni O'zbekiston Respublikasi Bosh Vazirning o'rinbosari O'zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasi raisi Tanzila Narbayeva topshirdilar. Institut matbuot kotibi Jahongir Tulakov