Jizzax politexnika instituti 2018 yil 13 noyabr kuni  Avtotransport fakulteti tomonidan “Sog‘lom avlod kelajak poydevori” mavzusida yig’ilish o‘tkazildi. Yig’ilishga M.A. Yuldashev - Viloyat teri tanosil kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori, tibbiyot fanlari doktori professor., A.Mamadiev - Viloyat teri tanosil kasalliklari shifoxonasi shifokori., N.J.Jamaolov - Viloyat OITS ga qarshi kurashish markazi mutaxasisi., N.N.Alimov - Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorlar taklif etildilar. Taklif etilgan mexmonlar tomonidan yi’g’ilish ishtrokchilariga quyidagi masalalar bo’yicha suxbat o’tkazildi 1. Bugungi kunda inson sog‘ligiga xavf solayotgan turli xil  teri tanosil  kasalliklari to‘g‘risida. 2.OITS asr vabosi. Yig‘ilishni institutning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori N.N.Alimov kirish so‘zi bilan ochib  yig‘ilish qatnashchilariga  taklif etilgan mexmonlarni tanishtirdi va bugungi kunda sog‘lik eng buyuk ne’mat ekalligi, kasalni davolashdan ko‘ra uni oldini olish  afzalliklari to‘g‘risida gapirib o‘tdi va kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan so‘zni Viloyat teri tanosil kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori, tibbiyot fanlari doktori professor M. Yuldashevga berdi. Viloyat teri tanosil kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori, tibbiyot fanlari doktori  professor M. YUldashev o‘z  so‘zida bugungi kunda butun  dunyoda jumladan Respublikamiz hududida ham uchrab turayotgan  teri-tanosil kasalliklari to‘g‘risida gapirar ekan bunday kasalliklar asosan tozalikka rioya qilinmaslik,  kasallikka chalingan bemorlar o‘z vaqtida kelib murojaat qilmasligi, o‘zini noxush sezgan fuqarolar o‘z vaqtida kelib tibbiy ko‘rikdan o‘tmasligi oqibatida ko‘payishi,  bunday kasalliklarning asoratlari o‘ta ayanchli holatlarga olib kelishi to‘g‘risida gapirib mavjud video lavxalar orqali  kasallikka chalingan bemorlarning xolatlari yuzasidan kasallik asoratlarini yig‘ilish ishtirokchilariga izohlab berdi. Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan so‘zga viloyat OITS ga qarshi kurashish markazi mutaxasisi N.J.Jamaolov taklif etildi. Notiq o‘z so‘zida dunyo bo‘yicha 32 mlndan ortiq kishi OITS kasalligiga chalingani soatiga 7 mingdan ortik kishi shu kasallikka chalinayotganligi xususida to‘xtalib, bu kasallikning yuqush yo‘llari, undan himoyalanish usullari hamda bu bo‘yicha viloyatimizda olib borilayotgan profilaktika ishlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan bu bo‘yicha chiqarilgan farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati xususida fikr-mulohazalrini bildirib o‘tdi. Tadbir so‘ngida mavzuga oid videofilm namoyish etildi. [gallery ids="2697,2698,2699"]  Avtotransport fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan mouni A.Mamadiev