Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Ayni kunlarda besh muhim  tashabbusning amaldagi ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institutida sportni ommalashtirish tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bugun, 27 sentyabr kuni institutning "Avtotransport" fakultetida  sportning voleybol turi bo‘yicha fakultetning 1– bosqich talabalari o‘rtasida musobaqalar boshlandi.  Musobaqaaning ochilish qismida fakultet dekani N.Saidaxmedova  xaftaning juma-shanba kunlari fakultetda “Sport kuni” deb elon qilinganini ma’lum qildi. Barcha fakultet talabalarini darsdan bo‘sh vaqtlarida ushbu musobaqalarda faol qatnashishga chaqirdi. Sport musobaqalarining birinchi kuni qiziqarli va shiddatli o‘yinlarga boy bo‘ldi. Musobaqalar sportning barcha turlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Institut axborot xizmati