Xabaringiz bor, Jizzax politexnika institutining “Avtotransport” fakultetida haftaning juma va shanba kunlari “Sport kuni” deb e’lon qilingan. Yakuniga yetgan sentyabr oyining xuddi shu kunlari davomida talabalar qiziqarli jamoaviy o‘yin - voleybol bo‘yicha kuch sinashdilar. Endi musobaqalar futbol maydoniga ko‘chdi. Bugun, 3 oktyabr kuni oliygohning sun’iy qoplamali mini futbol maydonida “Avtotransport” fakulteti 1-bosqich talabalaridan iborat jamoalar bellashuvi jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchilaridan iborat hakamlarning hushtagi chalinishi bilan boshlandi. Musobaqa avvalida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Normurod Alimov so‘zga chiqib, yoshlarning bilim olish bilan birga sport va kitobxonlikka oshno bo‘lishlari muhimligini ta’kidladi. 10 ta jamoa ichida qaysi biri g‘olib bo‘ladi? Maydonda uyushib harakat qilish, jamoaviy o‘yin ko‘rsatib, talabalar va ustozlar olqishiga sazovor bo‘lish kimga nasib etadi? Buni biz ertaga, 4 oktyabr kuni soat 14:00 da boshlanadigan final o‘yinidan so‘ng bilib olamiz.    

Institut Matbuot Xizmati.