19 yanvar kuni Jizzax politexnika instituti “Avtotransport” fakulteti tashabbusi  bilan Paxtakor tumanida joylashgan 31 maktabda tumandagi 18 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining direktorlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari xamda 150 dan ortik bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirokida “Maktab talimi va oliy ta’lim: uzviy alokalar va imkoniyatlar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda "Avtotransport" fakultetining manaviy-marifiy ishlar bo‘yicha dekan urinbosari Mamadiev Askar,  Avtomobil yullari va aerodromlar kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi Ravshan Xamrakulov, Er usti transport tizimlari kafedrasi katta ukituvchisi SHarof Xudoerov va Ekologiya va atrof muxit muzofazasi doktoranti Zokir Bobomurodov ishtirok etishdilar. Tadbirda so‘z olganlar  institutimizda keyingi ikki yil davomida yaratilgan shart-sharoitlar va berilayotgan imkoniyatlar haqida o‘zlarining fikr mulohazalarini bildirib o‘tishdilar. Jumladan, institutimizda Evropada joylashgan ilg‘or institutlar bilan hamkorlik aloqalari haqida o‘zlarining fikr mulohazalarini bildirib o‘tishdilar. SHuningdek, “Avtotransport” fakulteti dekani urinbosari Askar Mamadiev fakultetda amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy ishlar, yangiliklar, talabalarga har tomonlama yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida o‘zining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga institut professor-o‘qituvchilari tomonidan javob berildi. SHundan so‘ng qatnashchilarga institutning “Bunyodkor yoshlar” gazetasi tarqatildi. Tadbirda jami 150 dan ortiq bitiruvchi sinf o‘quvchilari va kollej talabalari ishtirok etishdilar. [gallery ids="4020,4021,4022,4023,4024,4025,4026,4027,4028,4029"] Institut matbuot kotibi Xidirov Xoshim