15-may - "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan xotin-qizlar o'rtasida "Sog'lom oila jamiyat boyligi" shiori ostida o'tkazilgan  musobaqada institutimizdan bir qancha professor - o'qituvchilar hamda talabalar faol ishtirok etishdi. Musobaqa natijalariga ko'ra, "YOSH OILALAR MARAFONI" da  "Sanoat texnologiyalari" fakulteti 230-16 guruh talabasi Xolmo'minova Saboxat yugurish musobaqasida 1-o'rinni , "Sanoat texnologiyalari" fakulteti 310-18 guruh talabasi G‘aybullayeva CHaros VELOTUR musobaqasida 1-o'rinni qo'lga kiritdilar hamda"Arxitektura va qurilish" fakulteti dekan o'rinbosari Azimova Sitora faol ishtiroki uchun 1-darajali diplom bilan   taqdirlandi.

Institut matbuot kotibi Jahongir Tulakov