Jizzax politexnika institutida 2018 yil 20 noyabr konferinsiya zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 5544- sonli “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlani strategiyasi” farmoni bo‘yicha seminar – trening o‘tkazildi.  Seminar – treningga Akbarov Numan Abduazizovich- O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis qonunchilik palatasi “Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari” Qo‘mitasining a’zosi, Qurbonov G‘ulom- Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati xududiy bo‘limi boshlig‘i taklif etildi. Ushbu seminar – treningda Tavboev Sirojiddin- Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, fakultet dekanlari, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va jami 55 nafar professor-o‘qituvchilar qatnashdilar. Seminar – treningda 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 5544- sonli “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni bo‘yicha farmon mazmun-mohiyati bo‘yicha seminar o‘tkazish. 2. Savol-javoblar. Masalalari ko’rib chiqildi. SO‘ZGA CHIQDILAR: 1. Jizzax politexnika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sirojiddin Tavboev. ESHITILDI. Yig‘ilishni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sirojiddin Tavboev  kirish so‘zi bilan ochdi. U o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 5544- sonli “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlani strategiyasi” farmoni bo‘yicha institutga bir guruh mehmonlar kelganlini aytib o‘tdi va yig‘ilish ishtirokchilariga ularni tanishtirib o‘tdi. SO‘ZGA CHIQDILAR. Seminarda “Oliy majlis qonunchilik palatasi innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari” Qo‘mitasining a’zosi Akbarov Numan Abduazizovich so‘zga chiqdi. Ma’ruza mavzusi “O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasining mazmun mohiyati” Akbarov Numan Abduazizovich tomonidan mazkur Farmonga asosan tasdiqlangan “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi”, “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” va “O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari”ning mazmun-mohiyati yig‘ilganlarga atroflicha tushuntirildi. Strategiyaning asosiy vazifalari:
  • O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilga borib Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish;
  • barcha darajada ta’lim sifati va qamrovini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tiziminining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini ta’minlash;
  • ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar natijalarini keng joriy etish uchun ta’lim, ilm-fan va tadbirkorlikni integratsiya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish;
  • innovatsiyalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarga davlat va xususiy mablag‘lar kiritilishini kuchaytirish, bu sohalardagi tadbirlarni moliyalashtirishning zamonaviy va samarali shakllarini joriy etish;
  • boshqaruvning zamonaviy usullari va vositalarini joriy etish orqali davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish;
  • mulkchilik huquqlari himoyasini ta’minlash, raqobatbardosh bozorlar tashkil etish va biznes yuritish uchun teng shart-sharoitlar yaratish, davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
  • barqaror faoliyat yuritadigan ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani yaratish
Seminardada qarorning ahamiyati borasida qator viloyat tashkilotlari vakillari, Jizzax politexnika instituti olimlari va talabalari hamda partiya faollarining fikr va mulohazalari tinglandi. SHuningdek  ishtirokchilarga innovatsion g‘oyalar va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasida bugungi kunda mamlakatimizda yaratilgan shart-sharoitlar, dolzarb loyihalarni moliyalashtirish  tartiblari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi. Tadbirda, jumladan, bugungi kunda har bir viloyat va tuman-shahar markazida innovatsiyalar markazini ochish masalasi o‘rtaga qo‘yilib, ushbu markazni yuritishda tadbirkorlik sub’ektlari uchun belgilangan imtiyoz va imkoniyatlar batafsil tushuntirib berildi. O‘zaro fikr-almashish, muloqot ruhida o‘tgan tadbirda ishtirokchilar mavzuga oid o‘zlarining savollariga batafsil javob olish imkoniga ega bo‘lishadi. SO‘ZGA CHIQDILAR. Seminarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax Viloyati xududiy bo‘limi boshlig‘i Qurbonov G‘ulom so‘zga chiqdi. Ma’ruza mavzusi “Infratuzilma va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasining muhim yo‘nalishi” . Strategiyada infratuzilma va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha quydagi yo‘nalishlar belgilab berilgan:
  1. Telekommunikatsiya sohasini normativ-huquqiy tartibga solish tizimini, shu jumladan davlat-xususiy sherikligi asosida tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokini kengaytirish orqali takomillashtirish;
  2. 2021 yilgacha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar eksporti ulushini ular umumiy hajmining 4 foiziga etkazish;
  3. Barcha operatorlar uchun xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishni erkinlashtirish;
  4. Aholini axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalaridan foydalanishga rag‘batlantirish;
  5. Startap loyihalar uchun texnopark tashkil etish orqali mamlakatimizda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish tarmog‘ini rivojlantirish.
Strategiya bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangani va unga ko‘ra 2020 yilning 1 apreliga qadar Telekommunikatsiya sohasida davlat-xususiy sherikligi asosida tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokini kengaytirish bo‘yicha normativ-huquqiy asoslarni ishlab chiqish; Barcha operatorlar xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini yo‘lga qo‘yish natijasida aholiga arzon va sifatli xizmatlar ko‘rsatish; 2019 yilning 1 oktyabriga qadar Startap loyihalar uchun texnopark tashkil etish orqali mamlakatimizda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish tarmog‘ini rivojlantirish; Aholiga keng polosali Internet tarmoqlariga ulanish xizmatlarini kengaytirish hamda mobil aloqa qamrovini 4G tarmog‘ini kengaytirish kabi vazifalar belgilab olinganligi to‘g‘risida aytib o‘tdi. O‘tkazilgan seminar-trening tadbiri so‘ngida professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga “Oliy majlis qonunchilik palatasi innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari” Qo‘mitasining a’zosi Akbarov Numan Abduazizovich va  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax Viloyati xududiy bo‘limi boshlig‘i Qurbonov G‘ulom tamonidan batafsil javoblar berildi. [gallery ids="2937,2938,2939,2940,2941,2942"] Tavboev S.A. Odilova D.