2018 yilning 24 noyabr kuni Respublika miqyosidagi “Oilani  mustahkamlashda ilmiy tadqiqotlar ko‘lamining ahamiyati” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyasi  o‘tkazildi. Konferensiyani o‘tkazishda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi xodimlari, Respublikada mavjud oliy o‘kuv yurtlari olimlari, xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raislari va viloyat, shaharlar xotin-kizlar qo‘mitalari xodimlari, nodavlat tashkilotlar xodimlari, mutaxassislar, stajyor-tadkikotchi-izlanuvchi, bakalavr va magistrlari ishtirok etishdi. Anjuman maqsadi: “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” viloyat dasturida belgilangan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2018  yil 2  fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PF-5325 - sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda yurtimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlarni, jamiyatda ma’naviy hayot va kelajakni barpo etishda oilaning o‘rni beqiyos ekanligini e’tirof etgan holda, barcha mahallalarda ta’lim, tarbiya muassasalarida “Oila” markazi tomonidan oilalarni mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlarni muvofiqlashtirish,  salmoqli natijalarga erishish hamda ilmiy-tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishdan iborat. Ilmiy-amaliy anjumanda quyidagi masalalar ko‘rildi: 1-sho‘‘ba: Inson, jamiyat, shaxs, oilaning o‘zaro munosabatlari va unda uchraydigan muammolarni ilmiy asoslash; 2-sho‘‘ba: Oilani mustahkamlashda ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini ahamiyati; 3-sho‘‘ba: Farovon oilada ota-ona va bola munosabatlari psixologiyasi muammolari; 4-sho‘‘ba: Oila  institutini mustahkamlashda innovatsion yondashuv; Anjumanda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazidan Feruza Akromova, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig‘i Dilorom SHolatipovna, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Olmaliq shahar bo‘limi rahbari,  “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi  CHortoq tuman bo‘limi rahbari, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi  Namangan boshqarmasi boshlig‘i, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi  CHortoq tuman bo‘limi rahbari, Urganch Davlat universitetidan 2 nafar, Toshkent Islom Akademiyasidan 2 nafar, Samarqand Davlat  universitetidan 2 nafar, Samarqand Davlat Arxitektura qurilish institutidan 1 nafar,  viloyat   “Oila” ilmiy-amaliy  tadqiqot boshqarmasi xodimlari,  “Oila” ilmiy-amaliy o‘quv markazi xodimlari hamda institut professor-o‘qituvchi, xodimlari va talabalari ishtirok etishdi (Jami 150 nafar) [gallery ids="3098,3099,3100,3101,3102,3103"] Institut xotin-qizlar qo‘mitasi b.t. raisi B. Tursunova