Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть


Aholini ro’yxatga olish konsepsiyasi asosiy maqsad va vazifalari.

Yaratilgan: Avgust 2, 2019 da 7:11

Bo'lim: Yangiliklar

Aholini ro’yxatga olish tadbiri – keng qamrovli, uzoq vaqt va ko’p mablag’ talab qiluvchi tadbir bo’lib, mamlakatda yashovchi barcha aholiga oid bo’lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni yig’ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va e’lon qilishning yagona jarayoni bo’lib, aholi to’g’risidagi ma’lumotlarning asosiy manbai bo’lib hisoblanadi.

O’zbekiston hududida birinchi marta aholini umumiy ro’yxatdan o’tkazish Rossiya Imperiyasining birinchi umumiy aholini ro’yxatdan o’tkazish doirasida 1897 yilda bo’lib o’tgan.

Sobiq ittifoq davrida “Butunittifoq aholini umumiy ro’yxatdan o’tkazish” dasturi doirasida 1926 (4.6 mln.kishi), 1939 (6,3 mln.kishi), 1959 (8,1 mln.kishi), 1970 (11,8 mln.kishi), 1979 (15,4 mln.kishi) va 1989 (19 mln.kishi) yillarda O’zbekiston SSRda aholini umumiy ro’yxatdan o’tkazish amalga oshirilgan.

Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida Aholini ro’yxatga olish tadbiri umuman o’tkazilmagan bo’lib, mazkur tadbir ilk marotaba o’tkazilishi belgilandi.

Xalqaro statistika kongressi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti barcha davlatlarga davriy ravishda aholini ro’yxatga olish tadbirini o’tkazishni tavsiya etadi. Mazkur tavsiyalarga ko’ra davlatlar har 10 yilda bir marotaba aholini ro’yxatga olish tadbirini o’tkazadi.

BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining 2015 yil
10 iyundagi “2020 yilda Butunjahon aholi va uy-joy fondini ro’yxatga olish dasturi” Rezolyutsiyasida a’zo davlatlar 2015 yildan 2024 yilgacha kamida bir marotaba “Aholi ro’yxatga olish tadbiri”ni o’tkazishga da’vat etadi.

Dunyo davlatlarida o’tkaziladigan Butunjahon aholi va uy-joy fondini ro’yxatga olish dasturi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika komissiyasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Tadbir natijasida quyidagilar hisoblanadi:

Birinchidan, ma’lum bir sanada aholining aniq soni (yoshi va jinsi tarkibi, fuqaroligi, millatlar tarkibi (keng qamrovli), oilaviy ahvoli ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat resurlari, iqtisodiy faol aholi, aholi bandligi (kasbi va mutaxassisligi) va ishsizligi, daromad olish manbalari,  nogironligi bo’yicha batafsil ma’lumot olishda.

 

1) Aholining milliy tarkibi. Millat tarkibi

2) Diniy e’tiqodi. Qaysi dinga mansubligi

3) Oilaviy axvoli (nikoxda yoki nikoxda emas, oila soni, nikoxda bo’lgan davrlar )

4) Aholinining migratsiyasi, xorijda ishlayotganlar aniq soni

5) Ma’lumotlilik darajasi. Ma’lumotsizlar, O’rta, oliy, fan nomzodi, fan doktori,

6) Bandlik bo’yicha ma’lumotlar. Bandlar, ishsizlar soni, iqtisodiyotning soxalari bo’yicha bandlar, mutaxasisiliklar, iqtisodiy faollari, norasmiy bandlar.

7) Uy-joy ta’minlanganligi.  Uylar soni, uy joy fondi, bir kishiga to’g’ri keladigan uy joylar, uylar qanaqa materiallardan qurilganligi, gaz, suv, elektr energiyasi bilan ta’minlanganligi.

8) Ijtimoiy soha ko’rsatkichlari. Aholinining daromadlari, nogironligi, kam ta’minlanganlik. Sog’likni saqlash, ayollar va bolalar sogligi

Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagilarga imkon yaratiladi.

Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish ko’rsatkichlarini shakllantirish va monitoring qilishda foydalaniladi.

Urbanizatsiya darajasi Aholi punktlarining infratuzulmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo’yicha qisqa, o’rta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlar tayyorlashda foydalaniladi.

Xalqaro tashkilotlar va foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladigan tahlillari uchun keng qamrovli axborotlar bilan ta’minlashda va Reyting ko’rsatkichlarini shakllantirishda foydalaniladi.

Aholi va uning farovonligi to’g’risidagi ishonchli axborotlar davlatning uzoq muddatli prognozlar va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadli dasturlari, aholining bandligini ta’minlash va yangi ish o’rinlari tashkil etish dasturlari, barqaror rivojlanish maqsadlari Milliy indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini o’rganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib borishda foydalaniladi.

 

 

 

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro’yxatga olishni o’tkazish Konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Farmoniga qisqacha mazmuni

 

Prezidentimiz tomonidan imzolangan “O’zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro’yxatga olishni o’tkazish Konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi
PF-5655-son Farmonlari fikrimizning yaqqol dalili hisoblanadi. Ushbu farmonni mohiyati jihatdan tarixiy hujjat deb atasak, mubolag’a bo’lmaydi.

 

BMT tomonidan 2020 yilda barcha davlatlarda aholini ro’yxatga olish bo’yicha tavsiyasi mavjud. Qo’shni davlatlarda ham bu tadbir o’tkazilishi rejalashtirilgan

Aholini ro’yxatga olish MDH davlatlarining deyarli barchasida o’tkazilishi rejalashtirilgan bo’lib, jumladan:

2019 yilda – Belarusь va Qozog’iston Respublikalarida;

2020 yilda – Rossiya Federatsiyasi, Qirg’iziston, Tojikiston, Ozorbayjon Respublikalarida;

2021 yilda – Armaniston Respublikasida;

2022 yilda – Moldova, Ukraina, Turmaniston Respublikalarida o’tkazilishi belgilangan.

Izoxlar soni: 0

interaktiv xizmatlar

FOYDALI HAVOLALAR

Asosiy ko`rsatgichlar