Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть


Aholini ro’yxatga olish tadbirining iqtisodiy jihatlari

Yaratilgan: Avgust 7, 2019 da 11:02

Bo'lim: Ilmiy yangiliklar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro’yxatga olishni o’tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5655-son Farmoniga muvofiq respublikamizda 2022 yilda aholini ro’yxatga olish tadbirini o’tkazish belgilandi.

Xalqaro tajribaga asosan aholi soni bo’yicha aniq va yaxlit ma’lumotlar aholini ro’yxatga olish asosida olinadi. Aholini ro’yxatga olish yakunlariga qarab o’tmish va hozirgi davr haqida fikr va mulohazalar yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin bo’ladi.

Aholini ro’yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko’lamli tadbir bo’lib, aholi to’g’risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.

Aholini ro’yxatga olish tadbiri iqtisodiy jihatdan bizga nima beradi?

Birinchidan, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni (yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, sanoat mahsuloti hajmi, iste’mol mahsulotlari hajmi, aholiga ko’rsatiladigan xizmatlar hajmi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari) hisoblashda foydalaniladi.

Ikkinchidan, respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko’rsatish bo’yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot manbai sifatida xizmat qiladi.

Uchinchidan, aholi punktlarining infratuzulmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo’yicha qisqa, o’rta va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqishda ishlatiladi.

Bunday ma’lumotlar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni oldindan baholash, bandlik sohasidagi siyosatni belgilash, ijtimoiy siyosat
va aholi salomatligi bo’yicha dasturlarni yaratishda, shuningdek davlat hokimiyati organlarining vazifalarini bajarishi, ilm-fan
va jamiyatni axborot bilan ta’minlash uchun zarurdir.

Xo’sh, aholini ro’yxatga olish tadbirlarini o’tkazish bilan bog’liq xarajatlar qaysi moliyaviy manbalar hisobiga qoplanadi?

Xorijiy davlatlar tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, aholini ro’yxatga olish tadbirini o’tkazish anchagina mablag’ talab etadi. Masalan, 2010 yilda o’tkazilgan aholini ro’yxatga olish tadbirida sarflangan xarajatlar o’rtacha aholi jon boshiga Tojikistonda
1,31 AQSh dollari, Qirg’izistonda 1,12 AQSh dollari, Azarbayjonda 1,03 AQSh dollari, Moldaviyada 2,15 AQSh dollari, Rossiya Federatsiyasida 3,81 AQSh dollarini tashkil etgan.

O’zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro’yxatga olishni o’tkazish konsepsiyasiga muvofiq aholini ro’yxatga olish tadbirlarini o’tkazish bilan bog’liq xarajatlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun ko’zda tutilgan O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa mablag’lar hisobiga moliyalashtiriladi.

Moliyalashtirish uchun zarur mablag’lar hajmi O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va boshqa mas’ul idoralar hisob-kitoblari asosida, shuningdek, tender savdolari va tender hujjatlarini rasmiylashtirish natijalari bo’yicha aniqlanadi.

Aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishga, uning materiallarini qayta ishlashga, natijalarini olish va e’lon qilishga jalb etilgan xodimlarning mehnatiga haq to’lash maxsus ishlab chiqilgan va tasdiqlangan normativlar asosida amalga oshiriladi.

Izoxlar soni: 0

interaktiv xizmatlar

FOYDALI HAVOLALAR

Asosiy ko`rsatgichlar