S“Avtotransport” fakultetida  I bosqich talabalari ishtirokida Konstitutsiyamizning 26 yilligi munosabati bilan tanatanali bayram dasturi, hamda 2018-yil 26-noyabrdan 5 dekabrgacha bo‘lib o‘tgan I bosqich talabalari o‘rtasida sportning mini futbol, basketbol, gandbol, volleybol turlari bo‘yicha  Fakultet dekani  kubogi uchun musobaqalarning g‘olib jamoalarini tantanali  taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbirida institutning YOshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor p.f.n. dots. Alimov N.N. ishtirok etdi va tadbir ishtirokchilarini  bayram bilan tabrikladi. SHundan keyin “O‘zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Xolbekova M. so‘zga chiqib Konstitutsiyamizning 26 yilligiga bag‘ishlab  “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” mavzusida ma’ruza qildi. Fakultet dekani i.f.n. dots. Saidaxmedova N.I. 4 ta tur bo‘yicha g‘olib va faol ishtirok etgan jamoalarga kubok, I darajali diplom, tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alarini topshirdi. Sportning mini futbol va gandbol turlari bo‘yicha 101-18 EUTT guruhi 2 ta kubok, I darajali diplom va esdalik sovg‘alarining soxibi bo‘lishdi. Volleybol bo‘yicha 123-18 AY va A guruhi jamoasi, basketbol bo‘yicha 121-18 AY va A guruhi jamoasi kubok, I darajali diplom va esdalik sovg‘alarini qo‘lga kiritdi. 10 kun mobaynida davom etgan sport musobaqalarida 15 nafar faol ishtirok etgan guruh murabbiylari va talabalariga tashakkurnomalar taqdim etildi. [gallery ids="3183,3201,3200,3199,3198,3197,3195,3194,3193,3192,3191,3190,3189,3188,3187,3185"] Avtotransport fakulteti O'quv ishlari bo'yicha dekan muovuni Sharipov S.S.