Jizzax politexnika instituti Madaniyat saroyida Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor N.Alimov, professor o‘qituvchilar, talabalar shuningdek Sharof Rashidov tuman IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O. Anorboyev, viloyat IIB Huquqbuzarlik profilaktikasi boshqarmasi voyaga yetmagan va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish guruhi inspektori Z. Nahanboyev xamda Sharof Rashidov tuman IIB voyaga etmaganlar va yoshlar bilan ishlash bo‘limi hodimi U.Egamnazarovalar ishtirok etdilar. Yig‘ilishni institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor N.Alimov kirish so‘zi bilan ochdi. Shundan so‘ng Sharof Rashidov tuman IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O. Anorboyev, viloyat IIB Huquqbuzarlik profilaktikasi boshqarmasi voyaga yetmagan va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish guruhi inspektori Z. Nahanboyev xamda Sharof Rashidov tuman IIB voyaga etmaganlar va yoshlar bilan ishlash bo‘limi hodimi U.Egamnazarovalar so‘z chiqishdi . Ular o‘z ma’ruzalarida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishda professor o‘qituvchilar va talabalarning huquqiy madaniyatining roli xamda bugungi kunda talabalarning o‘qishdan tashqari vaqtini mazmunli samarali tashkilish etish zarurati to‘g‘risida alohida ta’kidlab o‘tishdi.