2018 yil  30 noyabr kuni institut “Konferens” zalida “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda institutning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Normurod Alimov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi b.t.raisi Muhiddin Tojiboev, institut hamshirasi Munira Salimova, xotin-qizlar qo‘mitasi a’zolari, “OITSga qarshi kurash” markazi  bosh shifokori o‘rinbosari  Xolboev Anvar Nurillaevich hamda institut talabalari ishtirok etdilar. Tadbir ishtirokchilari uchun “OITS asr vabosi” mavzusidagi rolik qo‘yib berildi va “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida  “OITSga qarshi kurash” markazi  bosh shifokori o‘rinbosari  Xolboev Anvar Nurillaevich OITSni  ng belgilari, uni kelib chiqish sabablari va bu kasallikka duchor bo‘lmaslik choralari haqida batafsil aytib o‘tdi. Davra suhbati savol-javoblar bilan o‘tkazildi.   [gallery ids="3153,3154,3155"]