Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть


E’lonlar


20182019 o`quv yili uchun qabul rejasi:
Bakalavr – 69 200 nafar,

shu jumladan davlat grantlari bo`yicha — 17 654

to`lov-kontrakt asosida — 51 546 nafar miqdorida belgilangan;

Magistrlar – 5 903 nafar,
shu jumladan davlat grantlari bo`yicha — 1 552
to`lov-kontrakt asosida — 4 351 nafar miqdorida belgilangan.

Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish, talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash to’g’risidagi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi

Ushbu Nizom “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga (keyingi o‘rinlarda magistratura deb ataladi) talabalarni qabul qilish tartibini belgilaydi.

Abituriyent oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • o`rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • pasport (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug`ilganligi to`g`risidagi guvohnoma)ning nusxasi;
  • mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko`chirma va ishlab turgan sohadan tavsiyanoma (maxsus sirtqi bo`lim abituriyentlari uchun);
  • tanlovdan tashqari o`qishga kirish huquqiga ega bo`lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g`oliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlar;
  • harbiy qismdan tavsiyanoma.

Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish, talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash to’g’risidagi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

1. Ushbu Nizom “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizom harbiy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.

 

Oliy taʼlim muassasalarida oʻqishga qabulni sifatli tashkil etish maqsadida oliy taʼlim muassasalarida qabul komissiyalari tashkil etiladi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tassarufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan tartibda qabul komissiyasi raisi, uning oʻrinbosari va qabul komissiyasi kotiblari tayinlanadi. Bunda oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) lavozim boʻyicha qabul komissiyasiga raislik qiladi.

interaktiv xizmatlar

FOYDALI HAVOLALAR

Asosiy ko`rsatgichlar