O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta va maxsus ta`lim vazirligi tomonidan O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan kelishilgan xolda oily ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o’rtasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini taminlash, ularni turli buzg’unchi g’oyalarga qo’shilib ketishining oldini olish maqsadida  “O’zbekiston yoshlari buzg’unchi g’oyalarga qarshi” mavzusida “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasidagi respublika tanlovini o’tkazish rejalashtirilgan. Tanlovning Respublika 3-bosqichida g’olib bo’lgan ishtirokchilar “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasidagi ijodiy ishlari uchun quyidagicha taqdirlanadi:

1-o’rin- 7000000 (yetti million) so’m

2-o’rin- 5000000 (besh million) so’m

3-o’rin- 3000000 (uch million) so’m

Shuningdek, g’olib talabalar Oliy va o’rta va maxsus ta`lim vazirligining maxsus Diplom va faxriy yorlig’i bilan taqdirlanadi.

Батафсил маълумот