«Ekologiya va atrof muhit muhofazasi» kafedrasida «Zukko kitobxon» tanlovi o’tkazildi

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusining institutdagi ijrosi, talabalar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida 2019 yil 19-aprel kuni «Ekalogiya va atrof muhit muhofazasi» kafedrasi talabalari o‘rtasida “Zukko kitobxon” ko‘rik-tanlovi  o‘tkazildi. Ko‘rik tanlovda kafedradagi 131-18 E va AMM guruhi, 211-16 E va AMM  va 310-17 E va AMM guruxlari jami 3 ta jamoa ishtirok etishdi. Tanlovda institutning murabbiylar kengashi raisi Xamidov Ma’ruf, “Avtotransport” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Mamadiyev Asqar  «Ekalogiya va atrof muhit muhofazasi» kafedrasi mudiri Tirkasheva, Muqaddas va kafedra assistenti Toshpo’latova Sabohatlar hakamligi bo‘lib o‘tdi.  Natijalarga ko‘ra 131-18 E va AMM guruhi 1-o’rin, 211-16 E va AMM 2-o’rin va 310-17 E va AMM guruhi  3-o’rin bilan fakultet bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.