Hello

“Eng yaxshi kitobxon” mavzusi ko‘rik-tanlovi g‘olibi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ 3271-sonli Qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2017 yil 29 sentyabrdagi №87-02-3149 sonli xati,  Jizzax politexnika instituti rektorining 2017 yil 14 oktyabrdagi  №562-AF sonli buyrug‘ini ta’minlash maqsadida,  2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI va 2018 yil “Faol tadbirkorlik,

innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili” davlat dasturini ta’minlash maqsadida, institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, axborot-resurs markazi, institut fakultetlari bilan xamkorligida joriy yilning 28 may kuni Jizzax politexnika instituti madaniyat saroyida “Eng yaxshi Kitobxon” mavzusida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.Ushbu ko‘rik tanlovda “Avtotransport”, “Arxitektura va qurilish”, “Sanoat texnologiyasi”, “Servis” hamda “Elektromexnika va radioelektronika” fakultetlaridan, fakultetlar bosqichlaridan 1 nafardan  g‘olib bo‘lgan kitobxon talaba yoshlar o‘zaro bellashdilar. Ko‘rik tanlov uchta shartlar bo‘yicha o‘tkazildi.

1-shart  “Men sevgan asar” qisqacha mazmunini so‘zlab berishdi.

2-shart Ishtirokchilarning intellektual bilimlarini sinash. Tezkor savol-javoblar.

3-shart SHaxsiy kitoblar ko‘rgazmasi.Bu shartda ishtirokchilarning ko‘rgazmasidagi kitoblar soni, ularni ko‘rgazmadagi taxlanishi, hamda keyingi vaqtda o‘qigan kitoblarini sanab o‘tishlari va ularning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Xakamlar xay’ati tomonidan shartlar bo‘yicha quyilgan ballar natijasiga ko‘ra “Arxitektura va qurilish” fakulteti sharafini himoya qilgan 241-16 B va IQ guruhi talabasi YAkubov Adxam raqiblariga nisbatan yuqori ball to‘plab ko‘rik tanlov g‘olibi bo‘ldi hamda tashkilotchilar tomonidan moddiy va ma’naviy rag‘batlantirildi.

Arxitektura va qurilish”fakulteti
ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha
dekan muovini:
Irgashev X.N.

else : ?>

Комментарии закрыты.

Добавить комментарий