2018 yil 9 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va Jizzax politexnika instituti hamkorlikda do‘stona aloqalarni yo‘lga qo‘yish va oilalarda yoshlarni jismonan hamda ma’naviy tarbiyasini yaxshilash maqsadida “Biz baxtiyor oilamiz” shiori ostida “Eng yaxshi sportchi oila” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Sport musobaqasi qizg‘in va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Musobaqa so‘ngida g‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliq, tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.