Talaba yoshlar bilan faol ishlaydigan, ularni muammolari bilan individual shug'ullanuvchi, ularga kasbiy bilim va ko'nikmalar berish bilan bir qatorda ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlovchi professor-o'qituvchilar va hodimlar, shuningdek, ustozlarimizni faoliyatlarini alohida e'tirofga olgan holda, institut  talabalari tashabbusi va taklifi bilan Institutda birinchi marta "E'TIROF-2018" tanlovi tashkil etildi. Tanlovda bir qator nominatsiyalar mavjud bo'lib, unga talabalar qalbidan joy olgan, talabalarning mehr-muhabbatiga sazovor bo'lgan, chin ma'noda haqiqiy e'tirofga loyiq bo'lgan ustozlarimizning nomzodlari qo'yilgan bo'lib, munosib nomzodni aniqlab olish uchun saylash bo'yicha jarayon tashkil qilindi. Saylov jarayoni 19-dekabrdan boshlanib 25 dekabr sanasigacha Telegram messengeri ya’ni institut yoshlar ittifoqining  JizPI online (@YI_JizPI) rasmiy kanali orqali ovozga qo’yildi. Unda instituti talabalari va professor- o’qituvchilari hamda ishchi-xodimlari ishtirok etdilar. Saylov jarayonlarida 5 mingdan ziyod saylovchilar ishtirok etdilar. “Yilning eng yaxshi dekani”, “Yilning eng yaxshi dekan o’rinbosari”, “Yilning eng yaxshi ustozi” nominatsiyalariga 5 nafardan nomzodlar orasidan g’oliblar aniqlab olindi. Shunday qilib, “Yilning eng yaxshi ustozi” nominasiyasiga qo’yilgan nomzodlar bilan tanishing:
  1. Avtotransport fakultetidan "O‘zbekiston tarixi" fani o‘qituvchisi Yodgorov Zoirjon Shakarboyevich.- 624 та овоз
  2. Servis fakulteti "Intellektual transport tizimlari" fani o‘qituvchisi Jiyanboyev Sirojiddin Valiyevich- 177 та овоз
  3. Arxitektura va qurilish fakultetidan "Jismoniy tarbiya va sport" o‘qituvchisi Abduvaliyev Xurshid Abdulhamidovich- 424 та овоз
  4. Sanoat texnologiyalari fakultetidan ''Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarishda texnik-kimyoviy nazorat'' fani o‘qituvchisi Qobilova Go‘zaloy Ilxomovna- 445 та овоз
  5. Elektromexanika va radioelektronika fakultetidan ''Fizika'' fani o‘qituvchisi Sattarov Sergey Abudiyevich- 291 та овоз
Saylov natijalariga ko’ra “Yilning eng yaxshi ustozi” nominasiyasi bo’yicha  Yodgorov Zoirjon Shakarboyevich g’olib deb topildi. “Yilning eng yaxshi dekan o’rinbosari” nominasiyasiga qo’yilgan nomzodlar bilan tanishing:
  1. Elektromexanika va radioelektronika fakulteti O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari Axmedov Jo'rabek Raxmonberdiyevich- 600 та овоз.
  2. Arxitektura va qurilish fakulteti dekan o‘rinbosari Mirzabekov Mirkomil Saidaxmadovich- 805 та овоз.
  3. Sanoat texnologiyalari fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Shamshiyev Ja’far Abdusalimovich- 763 та овоз.
  4. Avtotransport fakulteti O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari Sharipov Sanjar Sobirovich- 427 та овоз.
  5. Servis fakulteti O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari Axmedov Erkin Rahmonovich- 264 та овоз.
Saylov natijalariga ko’ra “Yilning eng yaxshi dekan o’rinbosari” nominasiyasi bo’yicha Arxitektura va qurilish fakulteti dekan o‘rinbosari Mirzabekov Mirkomil Saidaxmadovich g’olib deb topildi. “Yilning eng yaxshi dekani” nominasiyasiga qo’yilgan nomzodlar bilan tanishing:
  1. Sanoat texnologiyalari fakulteti dekani Pozilov Mamajon Narziqulovich- 673 та овоз
  2. Arxitektura va qurilish fakulteti dekani Berdiqulov A'zam Mardonovich- 1000 та овоз
  3. Avtotransport fakulteti dekani Saidaxmedova Nodira Ilhomovna – 1800 та овоз
  4. Elektromexanika va radioelektronika fakulteti dekani To'roqulov Olim Xolbo'tayevich- 1700 та овоз
  5. Servis fakulteti dekani Xamidov Jalil Abdurasulovich- 1100 та овоз
Saylov natijalariga ko’ra “Yilning eng yaxshi dekani” nominasiyasi bo’yicha Avtotransport fakulteti dekani Saidaxmedova Nodira Ilhomovna g’olib deb topildi. 26 dekabr kuni institutda tashkil etilgan Yangi yil tadbirida barcha nominatsiyalar bo’yicha g’oliblar taqdirlandilar. [gallery ids="3442,3443,3444,3445,3446,3447,3448,3449,3450"] Yangi yilda barchaga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, omad va baxt yor bo’lsin!!! Yoshlar yetakchisi     M.Tojiboyev