Размер шрифтов: A A A
Цвет фона: A A A
X Закрыть

Xalqaro hamkorlik-amaldagi islohotlar natijasidir.

Yaratilgan: Aprel 8, 2019 da 11:26

Bo'lim: Ilmiy yangiliklar,Rasmiy tashriflar

2019 yil 8 aprel kuni institutimizga Ufa shahridagi Boshqird davlat universiteti “Matematika va informatsion texnologiyalar” fakulteti, “Differensial tenglamlar” kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor Marat Gayazovich Yumagulov va Tojik Milliy universiteti “Informatsion texnorlogiyalar” kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor Isobek Jumoyevich Nurovlar tashrif buyurdilar. Tashrif doirasida mehmonlar institutimiz fakultetlar, kafedralar, laboratoriya xonalar, sport inshoatlar va texnopark bilan tanishdilar.

2019 yil 9 aprel kuni talabalarga 2-juftlikda 2-qavat 232 xona dars mashg’ulotlarini olib bordilar. Shundan so’ng institutning “Oliy matematika”, “Informatsion texnologiyalar” va “Elektroenergetika” kafedralari professor-o’qituvchilariga “Differensial tenglamalarning tadqiqotlarda tutgan o’rni” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi. Ilmiy seminarda institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori S.A.Tavboyev ham ishtirok etdi.

“Oliy matematika” kafedrasi mudiri

f-m.f.n., A.Berdiyorov

 

Izoxlar soni: 0

interaktiv xizmatlar

FOYDALI HAVOLALAR

Asosiy ko`rsatgichlar