2018 yil 14-fevral kuni Jizzax Politexnika instituti “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi mudiri dots. O.Qo‘ychiev, dots. Y.SHaripov, assistent B.Ergashev, assistent N.Karimova va kafedra professor-o‘qituvchilari G‘allaorol tuman Guliston qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejiga 2018 yil 15-yanvarda tuzilgan hamkorlik shartnomasiga asosan borildi. Jizax politexnika instituti “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va G‘allaorol tumani Guliston qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji o‘qituvchilari bilan hamkorlikda 2017-2018 o‘quv yili uchun bajariladigan yillik ish reja tuzildi. G‘allaorol tumani Guliston qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi filiali tashkil etildi. Filial mudiri etib dots. YU.SHaripov tayinlandi. G‘allaorol tuman Guliston qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida 2018 yil 15-yanvarda tuzilgan hamkorlik shartnomasiga asosan Jizzax Politexnika instituti “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan kollejga amaliy uslubiy yordam ko‘rsatildi. Xususan “Agronomiya” yo‘nalishida dars o‘tayotgan o‘qituvchilariga  “O‘simliklarni himoya qilish” fanidan ma’ruza va amaliy darslarini yuqori saviyada tashkil etish uchun dots. YU.SHaripov  tomonidan ma’ruza va usulbiy qo‘llanmalar berildi. Jizzax politexnika instituti “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi mudiri dots. O.R.Qo‘ychiev tomoindan “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” yo‘nalishiga oid fanlardan ma’ruza va amaliy darslarni o‘tish bo‘yicha ma’ruza matnlari, amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatmalar berildi. AGR-7 guruhiga “Agranomiya” yo‘nalishiga 2-juftlikda 25-xonada dots. Y.Sharipov tomonidan master-klass darsi o‘tildi. QXM-14 guruhiga “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” yo‘nalishiga 1-juftlikda hamda ATX-1 guruhi “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” yo‘nalishiga 3-juftlikda 8-xonada 22-xonada dots. O.R.Qo‘ychiev tomonidan master-klass darslari o‘tildi. Jizzax Politexnika instituti “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni qayta ishlash” kafedrasi professor-o‘qituvchilari MK-6 guruhi “Keng assortimentdagi kiyimlar modeler konstruktor” yo‘nalishi talabalari bilan davra suhbati o‘tkazildi. Bundan tashqari G‘allaorol tumanidagi Guliston qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji o‘qituvchilari bilan davra suhbati o‘tkazildi. Unda kollej jamoasiga Jizzax Politexnika instituti tomonidan yil davomida institutda va boshqa oliy o‘quv yurlari, ilmiy tadqiqot institutlarida o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy konferensiyalarida qatnashish, xamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlashda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishi hamda iktidorli yosh o‘quvchi va o‘qituvchilarni malakasini oshirishda ilmiy, amaliy va uslubiy yordam berilishiga kelishildi.
“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi mudiri dots. O.R.Qo‘ychiev