Jizzax politexnika instituti “Sanoat texnologiyalari” fakulteti  “Kimyo” kafedrasi    302-18 KT guruxi  2019 yilning 22-28 aprel kunlari Jizzax viloyati musiqali drama teatrida o‘zbek hind xalqlarining milliy an’analari liboslari va hunarmandlarining ishlab chiqargan milliy mahsulotlarini namoyish etish va savdo yarmarkasi tashkil etildi. Shu munosabat bilan 2019 yil 26 aprel kuni soat 11:30 da men rahbarlik qilayotgan 302-18 KT  guruhida tahsil olayotgan jami talabalarni “Ma’naviyat kunlari” doirasida “Hindiston kunlari” hamda tadbir davomida viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan “To‘da” spektakli namoyishida faol ishtirok etdik.        Viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan “To‘da” spektaklida giyohvandlik va uning zararli oqibatlarini yoritib berishdi. Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu teatrdan talabalar o‘zlari uchun to‘g‘ri xulosa chiqarishdi.

Institut matbuot kotibi Jahongir Tulakov

  [gallery ids="5418,5419,5420,5421,5422,5423"] Tayyorladi:                                                             Karimova F.S.