23  yanvar kuni Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.  Tadbirga Viloyat IIB huquqbuzarlik profilaktikasi boshqarmasi, voyaga etmaganlar va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Mirzabek Toshxo‘jaev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Ibodovlar taklif etildilar. Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari va fakultet talabalari. Jami 240 nafar ishtirokchi qatnashdilar. Tadbirni Jizzax politexnika instituti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori N.Alimov kirish so‘zi bilan ochib,  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 yanvardagi №87-03-291-sonli xatiga asosan ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda o‘quvchi-talabalari o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida “YOshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikni bartaraf etish” mavzusida davra suhbati va ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilganligi, shu munosabat bilan bugun institutimizda viloyatimizdagi hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilayotganligini ta’kidladi. Viloyat IIB huquqbuzarlik profilaktikasi boshqarmasi, voyaga etmaganlar va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i M.Toshxo‘jaevga berdi. M.Toshxo‘jaev o‘z so‘zida, bugungi kunda ayrim yoshlar, jinoyatchilikning oqibatlari yaxshilikka olib kelmasligini bilib turib ham huquqbuzarliklarga qo‘shilib qolayotganligi, eng achinarlisi talaba yoshlarimiz orasida turli tadbirlarda alkogol ichimliklarni iste’mol qilib, o‘rtoqlari bilan janjallashish va tan jaroxati etkazish xolatlari uchrab turganligi, O‘zbekistonning ertangi kunining ishonchi va egalari bo‘lgan yoshlarimizning bunday jinoyatlarga qo‘l urayotganligi achinirli xolat ekanligi, jinoyatchilikka qarshi barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib kurashishimiz zarurligini takidlab, qonun buzilish holatlari yuz berganda ma’lumot berishlarini so‘rab, o‘zining shaxsiy va shoshilinch xabar telefon raqamlarini yig‘ilish ishtirokchilarga aytib o‘tdi. SHuningdek, talabalar o‘rtasida huquqiy ong, huquqiy madaniyat, uning zaruriyati, huquqiy demokratik jamiyat sari borayotganligimiz, har birimiz hushyor va ogoh bo‘lishimiz lozimligi, loqaydlik barcha illatlarning sababchisi ekanligi haqida qatnashchilarga tushuncha berdi. Bugungi kunda viloyatda yuz bergan ayrim huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha misollar keltirdi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari B.Ibodov so‘z oldi. U o‘z so‘zida mamlakatimizda  yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklarga qaramasdan, yoshlar orasida jinoyatchilik va xuquqbuzarlik holatlari kuzatilib turilayotganligi, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning ko‘payib borayotganligi tashvishlanarli xolat ekanligi, oliy  o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari atrofimizdagi voqealarning asl moxiyatini xalqimizga, ayniqsa, yoshlarimizga  to‘g‘ri tushuntirish ishlarini olib borishda alohida rol o‘ynashlari, yoshlar orasida jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish   bugungi kunning eng  dolzarb vazifalaridan ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Murabbiylar kengashi raisi M.Xamidov huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish dolzarb masala ekanligi, bunday salbiy illatlarning oldini olishda barchamiz faol bo‘lishimiz kerakligi to‘g‘risida o‘z fikrlarini aytib o‘tdi. [gallery ids="4036,4035,4034,4033"] Institut matbuot kotibi Xidirov Xoshim