Jizzax Politexnika institutida 2019 yil 9 aprel kuni “Oliy matematika” va JDPI “Matematika o‘qitish metodikasi” kafedralarining birlashgan ilmiy-uslubiy semenari yig‘ilishining bo’lib o’tdi. Eshitildi: Kafedra mudiri A.Berdiyorov. U o‘z so‘zida Rossiya Federatsiyasi BoshDU bilan JizPI va JizDPI o‘rtasida 2018 yil 1 fevralda tuzilgan hamkorlik shartnomalari doirasida rejalashtirilgan ishlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida ushbu universitet “Differensial tenglamalar” kafedrasi mudiri, f.-m.f.d., professor  YUmagulov Marat Gayazovichning institutimizga taklif etilganligini ma’lum qildi va ilmiy faoliyati haqida axborot berish hamda ma’ruza uchun  unga so‘z berdi. Professor  Yumagulov Marat Gayazovich BoshDU “Differensial tenglamalar” kafedrasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot yunalishlari hamda o‘zining ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyati, erishgan yutuqlari haqida qisqacha axborot berdi. So‘ngra “Primeneniya differensialnыx uravneniy”  mavzusida ma’ruza kildi va mavzu doirasidagi bir qancha yangi muammolar bo‘yicha mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi va hamkorlikga da’vat etdi. Eshitildi: Kafedra ilmiy-uslubiy seminar yig‘ilishi raisi U.Soatov. U o‘z so‘zida Tojikiston MU professori, f.-m.f.d. Nurov Isabek Jumaevichning institutimizga taklif etilganligi va uning ilmiy pedagogik faoliyati haqida qisqacha malumot berib o‘tdi va ma’ruza uchun so‘zni I.J.Nurov ga berdi. Professor Nurov Isabek Jumaevich “Issledovanie xaraktera resheniy differensialnыx uravneniy vtorogo i tretego poryadkov v okrestnosti osobыx tochek” mavzusida ma’ruza o‘qidi. Ma’ruzada ikkinchi va uchunchi tartibli differensial tenglamalar uchun echimlarning maxsus nuktalari atrofidagi xususiyatlari taxlil kilib berildi hamda masalalarni echishda boshlang‘ich shartni tanlashning  asosiy usullarini ko‘rsatib o‘tdi. Ma’ruza so‘ngida bir qancha yangi muammoli masalalar haqida gapirib o‘tdi. Kafedra  professor-o‘qituvchilarini qiziqtirgan savollariga ma’ruzachilar tomonidan  mazmunli  javoblar berildi.  Shundan so‘ng kafedra a’zolari ma’ruzachilarga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi. Bu masala bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi va kafedra a’zolari tomonidan yakdillik bilan ma’qullandi.

Kafedra mudiri:

Berdiyorov A.SH.

[gallery ids="5249,5250,5251,5252,5253,5254"]