Аbiturientlar uchun oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishdagi imtiyozlar: 1. Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining farzandlari; 2. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari bo‘lgan bitiruvchilar; 3. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari; 4. «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sohiblari; 5. «Yilning eng yaxshi tarbiyachisi» respublika tanlovi g‘oliblari; 6. Tibbiyot muassasalari hamshiralarining «Hamshira» respublika tanlovi g‘oliblari; 7. Badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari; 8. «Nihol» mukofoti sovrindorlari; 9. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining respublika komissiyasi bergan tavsiyanoma sovrindorlari (pedagogika yo‘nalishlariga); 10. To‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar; 11. Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tab, harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar; 12. Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abiturientlar; 13. Harbiy qism qo‘mondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar. Imtiyoz beruvchi normativ-huquqiy hujjatlar ro`yxati: 1. Oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha davlat granti kvotalari asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida № 417 02.06.2018 2. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida № 393 2017.06.2017 3. O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida № 226 13.10.2008 3. Oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha davlat granti kvotalari asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida № 417 02.06.2018 4. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida № 462 22.06.2018 5. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida 2018 yil 14 maydagi PQ-3726-son qaroriga 6. Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida № 375 6.05.2019 7. Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida № PQ-4296 22.04.2019