Jizzax politexnika institutida 2019 yil 22 yanvar kuni harbiy qism va talabalar, o‘quvchilar hamda uyushmagan yoshlar ishtirokida “Innovatsiyalar, ratsionalizatorlik va malakali kadrlar - barqaror rivojlanish kafolatidir” shiori ostida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjumanda Jizzax viloyati harbiy ma’muriy sektor tarkibiga kiruvchi tashkilotlar vakillari, viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli muassasalari o‘quvchilari, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasiga qarashli muassasalari o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari, Jizzax viloyatida joylashgan barcha korxona raxbarlari (bosh muxandislari), yoshlar ittifoqi a’zolari va uyushmagan yoshlar ishtirok etishdilar. Anjumanning asosiy maqsadi qurol-yarog‘ va harbiy texnikalarni modernizatsiya qilishda innovatsiya texnologiyalarini va ratsionalizatorlikni rivojlantirish. Jizzax harbiy-ma’muriy sektori hududida ikki maqsadli maxsulotlarni ishlab chiqarish va foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish. -Harbiy-texnik yo‘nalishdagi muammolarni muhokama va taxlili, harbiy-texnik sohada ishlab chiqarish va sanoatini rivojlantirishga sharoitlar yaratish, shuningdek kichik sanoat korxonalarida ishlab chiqilayotgan texnologiyalarni ikki maqsadli qo‘llashga tatbiq etish integratsiyasini joriy qilish; -Mavjud qurollar, harbiy va maxsus texnikalarni istiqbolli rivojlantirish uchun etarli darajadagi ilmiy-texnik texnologiya va texnikalarni birinchi navbatdagi ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarni aniqlash; -Ilmiy-texnik yo‘nalishlar muhim ma’lumotlar va mutaxassislarni mulohazasi va fikrlarini almashish bo‘yicha shart-sharoitlar yaratish, shuningdek ilmiy-tadqiqiy va injener-texnik tashkilot, sanoat korxona mutaxassislari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani o‘rnatishni tashkillashtirish. (barcha tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa salohiyati va xavfsizlik tizimini takomillashtirish doirasida amalga oshiriladi); -Zamon talablariga mos qurol-aslaha, harbiy va maxsus texnikalarni modernizatsiya va ekspluatatsiya qilish shuningdek istiqbolli texnologiyalarni tayyorlash va ishlab chiqarish bo‘yicha izlanishlar olib borish. Anjuman ishida Markaziy harbiy okrugida ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlarini maqsadi va vazifalari, Oliy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va xamkorlik doirasidagi ishlar bo‘yicha, Jahon sivilizatsiyasining rivojlanishida bizning allomalar tutgan o‘rni va roli, Jizzax politexnika institutida innovatsion muxit, integratsiya va ilmiy faoliyat, Harbiy qismlardagi harbiy xizmatchilar, yoshlar va uyushmagan yoshlarda ijtimoiy psixologik masalalar, Mudofaa tizimida ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlarining istikboldagi yunalishlari mavzularida chiqishlar qilindi. Tadbir davomida viloyatmizdagi o‘quv muassasalarida va harbiy  qismlardagi yangi ishlanmalarning ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbir so‘nggida ko‘rgazmada faol ishtiro etganlarga viloyat hokimligi, O‘zbekiston YOshlar ittifoqi Jizzax viloyat kengashi, Jizzax politexnika institutining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. [gallery ids="4044,4045,4046,4047,4048,4049,4050,4051,4052,4053,4054,4055,4056,4057,4058,4059,4060,4061,4062,4063,4064,4065,4066,4067,4068,4069,4070,4071,4072,4073,4074,4075,4076,4077,4078,4079,4080,4081,4082,4083,4084,4085,4086,4087,4088,4089,4090,4091,4092,4093,4094,4095,4096,4097,4098,4099,4100,4101"] Institut matbuot kotibi Xidirov Xoshim