Institut professor-o'qituvchilari ishtirokidagi futbol musobaqasi yakuniga yetdi. 1-4 may kunlari  institut professor-o'qituvchilari o'rtasida futbol bo'yicha "Rektor kubogi" musobaqasi bo'lib o'tdi. Musobaqada 6 ta jamoa to'rt kun davomida o'zaro kuch sinashishdi. Musobaqa yakuniga ko'ra, "Servis" fakultetining professor-o'qituvchi va xodimlaridan iborat jamoasi faxrli 1-o'rinni egallab, "Rektor kubogi"ni qo'lga kiritdi. Musobaqa natijalariga  ko'ra: 1-o'rin: "Servis" fakulteti 2-o'rin: "Avtotransport" fakulteti 3-o'rin: "Rektorat" jamoasi

Institut matbuot kotibi Jahongir Tulakov