Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov tomonidan 2017 yil  28 dekabrda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2018 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi” ning 1-bandida “YOshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda xar oyda kamida bir marotaba yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish” vazifasini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 14 noyabr kuni soat 13:00 da institutning madaniyat saroyida “Arxitektura va qurilish” fakultetining 1-bosqich talabalari bilan institut rektorining “Ochiq muloqoti” o‘tkazildi. Institut rektori o‘z so‘zida institutda ta’lim soxasida bo‘layotgan tub o‘zgarishlar, jumladan 2018-yilning 22-25 oktyabr kunlari mamlakatimizda ilk marotaba o‘tkazilgan “O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi”da tuzilgan Jizzax politexnika instituti va Janubiy Ural davlat universiteti bilan anglashuv memorandumi, Moskva davlat qurilish universiteti va Jizzax politexnika instituti o‘rtasi arxitektura va qurilish yo‘nalishida “2+2” qo‘shma ta’lim dasturini ochilganligi, institutning iqtidorli va iste’dodli talabalari erishgan va erishayotgan yutuqlari va institutda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida gapirib o‘tdi. SHundan so‘ng institut rektori A.K.Usmankulov talabalar bilan ochiq muloqot qilib, ularning oliy ta’lim muassasasidagi, talabalar yotoqxonasidagi muammolari, o‘quv jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanilayotganligi, professor-o‘qituvchilarning salohiyati to‘g‘risida suxbatlashdi. Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.   [gallery ids="2749,2750,2751,2752"]  YOshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini X.Irgashev