2019 yil 9 aprel kuni Jizzax politexnika instituti majlislar zalida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligiga bag‘ishlab “Biz kimmiz, qanday buyuk zotlarning avlodimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi va O‘zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar kafedrasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirda  “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi boshlig‘i Baxti Rashidova, O‘zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Primqul Qulmatov, professor-o‘qituvchilardan Botir Uzoqov va Zoir Yodgorovlar Amir Temurning hayoti va faoliyati, davlatchiligimiz tarixidagi tutgan o‘rni, ta’lim, madaniyat va ma’rifat sohalariga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida talabalarga batafsil ma’lumotlar berishdi. Tadbir so‘ngida Amir Temur faoliyatiga oid videorolik va hujjatli film namoyish etildi.

 “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi