Joriy yilning 15-iyun kuni "Elektromexanika va radioelektronika" fakulteti talabalari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda talabalarni qiynayotgan muammolar, kamchilliklar, shikoyatlar va takliflar ochiq-oydin holatda muhokama qilindi. Shuningdek, Prezidentimizning murojaaatlari, bugungi kunda bitiruvchilarga qo'yilayotgan talablar, oliy ta'lim tizimida bo'layotgan o'zgarishlar, institutda bo'lib o'tgan "O'qituvchi - talaba nigohida" so'rovnomasi hamda professor - o'qituvchilar va talabalar tomonidan yo'l qo'yilayotgan kamchilliklar ko'rib chiqildi.   Uchrashuv so'ngida rektor, talabalar o'zlarini qiynayotgan har qanday masala yuzasidan xohlagan paytlarida "rektor qabulxonasi" ga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilishlari mumkinligini ta'kidlab o'tdilar. PS. 11-iyun fakultetning 2-kurs talabalari bilan uchrashuv bo'lib o'tgan edi.

Institut matbuot kotibi Jahongir Tulakov